Falastinliklar Yevropa chempionatining finalida Ispaniyaga muxlislik qiladi. Nega?

Foto: Al Jazeera
Isroilning Gʻazoga qarshi urushi davom etayotgan bir paytda, qamal qilingan hududdagi futbol muxlislari «Yevro-2024» futbol musobaqasining Angliya va Ispaniya oʻyinida ispaniyaliklarni qoʻllab-quvvatlaydi.
Qayd etilishicha, Ispaniyadan 3500 km uzoqroqda joylashgan Gʻazodagi futbol muxlislari Alvaro Morata va uning jamoadoshlarining oʻyinini intiqlik bilan kutishmoqda.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Falastinlik qochqinlar boʻyicha agentligida matematika oʻqituvchisi boʻlgan 36 yoshli Umar Gʻayyod va uning ukasi Muhammad Isroilning hududdagi 10 oylik urush davomida uch marta koʻchirilishga majbur boʻldi. Ularning sakkiz nafar qarindoshi, jumladan, Umarning ikki qizi Nuseyrat qochqinlar lageridagi uyi bombardimon qilinishi oqibatida halok boʻlgan.
Bunday azob va koʻchirilishdan chalgʻish uchun aka-ukalar qarindosh hamda doʻstlari bilan oʻzlarini futbol orqali chalgʻitishmoqda.
«Al Jazeera» jurnalisti final arafasida gʻazolik futbol muxlislarining chodirlarida ular bilan suhbatlashgan. Ularning Ispaniya jamoasini qoʻllab-quvvatlashining asosiy sabablaridan biri ushbu davlatning Falastinni mustaqil davlat sifatida tan olganidadir.
Falastinliklarning aytishicha, futbol oʻyini davomida ispaniyaliklarning Falastin bayrogʻini koʻtarib olishi ularni ruhlantirgan. Agar Ispaniya Berlinda Angliyani magʻlub etsa, gʻazolik muxlislarning quvonchi ikki barobar ortadi.
Ispaniya va Falastin soʻnggi bir necha yil ichida madaniy, akademik almashinuv dasturlarini oʻz ichiga olgan doʻstona munosabatlarni saqlab kelmoqda. Gʻazoning gʻarbiy qismidagi mahalla 1998-yilda Barselona nomi bilan atala boshlangan. Keyinchalik Isroil bu hududni harbiy bazaga aylantirgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ayrim oilalarga bir martalik moddiy yordam beriladi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
- “Leapmotor” Oʻzbekistonda oʻtkazilgan avtomobil testi natijalaridan noroziligini bildirdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring