Falastin prezidenti Mahmud Abbos Moskva hamda Turkiyaga bormoqchi. Nega?

11:43 07 Avgust 2024 Dunyo
135 0

Falastin prezidenti Mahmud Abbosning soʻzlariga koʻra, Isroil Gʻazoga qarshi urushni uzaytirish uchun HAMAS yetakchisi Ismoil Haniyani oʻldirgan.

“Shubha yoʻqki, Haniyaning oʻldirilishidan maqsad urushni uzaytirish va uning koʻlamini kengaytirishdir. Bu tajovuzni toʻxtatish va Isroil qoʻshinlarini Gʻazodan olib chiqish boʻyicha davom etayotgan muzokaralarga salbiy taʼsir koʻrsatadi. Bu qoʻrqoqlik harakati”, degan Falastin prezidenti Rossiya davlat axborot agentligiga. Shuningdek, Abbos Moskvada Vladimir Putin bilan mojaroni muhokama qilishini aytgan. U 12-14-avgust kunlari Rossiya poytaxtida boʻladi.

“Tashrifimizdan asosiy maqsad Falastin va xalqaro maydondagi soʻnggi voqealar yuzasidan maslahatlashuvlar oʻtkazish, fikr almashish, pozitsiyalarni muvofiqlashtirish va barcha sohalarda ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlashdan iborat”, deb qoʻshimcha qilgan Mahmud Abbos. Shuningdek, u 14-15-avgust kunlari Turkiyada ham boʻlishi kutilmoqda.

Shu bilan bir qatorda 5-iyun kuni Putinning yuqori darajali mulozimi Sergey Shoygu Tehronda Eron prezidenti Masʼud Pezeshkian bilan muzokaralar olib bordi va Eron uchun strategik hamkor hisoblanadigan Rossiya bilan aloqalarni kengaytirishga qaror qilganini maʼlum qilgan.

Eron yetakchisining taʼkidlashicha, Eron va Rossiya oʻrtasidagi mushtarak pozitsiyalar global xavfsizlik va tinchlikni mustahkamlashga olib keladi.

AQSH Davlat departamenti matbuot kotibi Metyu Miller Shoyguning Tehrondagi muzokaralariga ishora qilib, Rossiya Yaqin Sharqdagi keskinlikni yumshatishda asosiy rol oʻynamasligini aytgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер