Ezgulik – shiorimiz, maʼrifat – qurolimiz
Maʼnaviyat – eng taʼsirchan va qudratli qurolimiz. Ezgulikni shior qilgan jamiyat ertaning haqiqiy egalarini tarbiyalaydi. Ana shu maqsadni oʻzida ifodalagan «Ezgulik – shiorimiz, maʼrifat – qurolimiz» shiori ostidagi madaniy-maʼrifiy tadbir Prezident maslahatchisi oʻrinbosari – Xalq qabulxonasi rahbari Ulugʻbek Muhammadiyev boshchiligidagi Respublika ishchi guruhi tomonidan Xorazm viloyati «Turkmanlar» MFYda tashkil etildi.
Shu kuni mahalladagi «Ulli hovli» majmuasida odam gavjum boʻldi. Majmuaning darvozasidan kirishingiz bilanoq qadim qadriyatlar uygʻunlashgan muhitga duch kelasiz. Yosh sanʼatkorlar mehmonlarni doira va karnay-surnay sadolari bilan qarshi olishdi.
Tadbir «Sogʻlom hayot uchun 5000 qadam» aksiyasi bilan boshlandi. Unda Milliy gvardiya otliqlari va texnikasi hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi. «Armiyam – faxrim» shiori ostida harbiy orkestr va harbiylarning koʻrgazmali chiqishlari namoyish etildi.
«Ulli hovli»ga tashrif buyurgan mehmonlar majmuada sayyohlik imkoniyati bilan yaqindan tanishdilar. Bugungacha saqlab qolingan milliy urf-odatlar, anʼanalar namunalarini koʻzdan kechirdilar. Oʻzbek va turkman doʻstligidan darak beruvchi ushbu maskan yanada jozibali chiroy ochdi.
Tadbir doirasida hunarmandchilik va milliy mahsulotlarning koʻrgazmalari, mehnat yarmarkalari tashkil etildi. Unda viloyatda faoliyat yuritayotgan oliy taʼlim muassasalari vakillari yangi nashrlar taqdimoti, ilmiy ishlanmalari bilan qatnashishdi. Yoshlarni nafaqat bilimli boʻlishlari, balki hunar egasi boʻlishlari uchun taʼlim muassasalarida yetarlicha sharoit va imkoniyatlar yaratilganligi ushbu koʻrgazmada namoyish etildi.
Koʻrgazmalar davomida «Uch avlod uchrashuvi», «Kitobxon bolalar», yoshlarning taniqli yozuvchi va shoirlar bilan suhbati, turli sport musobaqalari oʻtkazildi.
Shu bilan birga, ishsiz boʻlgan xotin-qizlarning bandligini taʼminlash maqsadida Prezident sovgʻasi sifatida ayollarga tikuv mashinalari topshirildi.
Tadbir taniqli musiqiy jamoalar konserti bilan yakunlandi.
Robiya BAXTIYOROVA, OʻzDJTU talabasi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- Tabiat va sivilizatsiya uyg‘unlashgan shahar – Syurixdan fotoreportaj
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring