Ezgulik, xayr-saxovat ayyomi

Ahmadali ShERNAZAROV/“Xalq soʻzi”. Bugun Sirdaryo viloyatining turli hududlaridagi 76 ta jome masjidida hayit namozi ado etildi. Qariyb 90 ming kishi ushbu muborak ibodatni ado etdi. Xususan, birgina Guliston jome masjidida hayit namozini 7 mingdan ziyod kishi oʻqidi. Vatanimiz taraqqiyotining yanada jadal va samarali boʻlishini, xalqimizning barcha ishlariga fayzu baraka, rivoj tilab hamda yana oʻnlab ezgu niyatlar jo boʻlgan duolar qilindi.
— Qurbon hayiti — ezgulik ayyomi, — deydi Xovos tumanida yashovchi mehnat faxriysi Anorboy Qahhorov. — Mohiyatida mehr-oqibat, saxovatlilik qadriyatlari ustuvor va u hamjihatlik bayrami hamdir. Qurbon hayiti xonadonlar, mahallalar, shaharu qishloqlarimiz boʻylab oʻzgacha shukuh taratmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring