Yevropada energetika inqirozidan saboqlar

17:59 26 Oktyabr 2021 Iqtisodiyot
1748 0

Illyustrativ foto

Yevropa qayta tiklanadigan energiya manbalariga nisbatan siyosatida keskin oʻzgarish eʼlon qilganida, bir necha yil ichida butun mintaqa energetik inqiroz yoqasida boʻlishini hech kim tasavvur qila olmas edi. 

Bugungi kunda ekspertlar, olimlar va mutaxassislar energetika sohasidagi qabul qilingan siyosiy qarorlar bir qator mamlakatlar uchun juda qimmatga tushayotganini taʼkidlashmoqda. Oʻzbekistonlik taniqli energetik-olim, “Zamonaviy energetika va uning rivojlanish istiqbollari” nomli yangi kitob muallifi, akademik Qahramon Allayevdan Yevropadagi energetika inqirozining sabablari, shuningdek, mamlakatimiz energiya tanqisligi bilan bogʻliq muammolarni hal qilishda qanday xulosa va saboqlar chiqarishi mumkinligi haqida bilib oldik.

Muhim qarorlarni oʻylab qabul qilish kerak

Hozirda Yevropada kuzatilayotgan elektr energiyasi bilan bogʻliq inqiroz bir kunda shakllanmagan. Haqiqiy hayot oʻz tuzatishlarini kiritayotgan, Yevropa va dunyo mamlakatlari esa 10 yil avvalgi xayoliylikdan qutulayotgan paytda, akademik Allayev: «Jahon energetika sanoati, Yevropada ham, Oʻzbekistonda ham, tez rivojlanayotgan va oʻzgaruvchan, u yana ham texnologik boʻlib kelmoqda, uning barqaror ishlashini taʼminlash, markazsizlashtirish, dekarbonsizlantirish, intellektual va xarajatlarni optimallashtirish mexanizmlarni talab etadi. Bundan tashqari, iqtisodiyotning boshqa strategik muhim tarmoqlari energetika holatidan, oʻylanmagan va hissiy qarorlar mamlakatning butun iqtisodiyotini xavfga solishi mumkin, biz buni Yevropa mamlakatlari misolida koʻrib turishimiz mumkin».

Oʻzbekistonda bugun qabul qilinayotgan energetika sohasidagi qarorlar mamlakat kelajagi uchun zamin hozirlamoqda. Dunyodagi mavjud energiya inqirozi natijasida olingan saboqlarni tahlil qilish tanlangan yoʻlni aniqlashtirish uchun foydali boʻlishi mumkin. Mamlakatdagi energiya tanqisligini kamaytirish va ayni paytda iqlim boʻyicha Parij bitimi xalqaro majburiyatni bajarish uchun nima qilish kerak? 

Qahramon Allayevning fikriga koʻra, optimal yechim sifatida turli energiya manbalarining simbiozi: zamonaviy bugʻ-gaz qurilmasi, atom energetikasi va qayta tiklanadigan energiya manbalari (QTEM), shu jumladan gidroenergetika (GES) boʻlishi mumkin.

“Bir necha yil oldin, Yevropa boʻlishi mumkin boʻlgan tabiiy ofatlar va energiya resurslari bozorida kutilmagan holatlarni hisobga olmagan holda, yashil manbalarning rivojlanishini tezlashtirishni boshladi. Biroq hayotda har narsa boʻlishi mumkin”, — deydi akademik Allayev. — Hozirgi kunda Yevropada elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun tabiiy gaz yetarli emas, shuning uchun Yevropa Ittifoqi davlatlari koʻmir va atomga qaytishga majbur boʻlmoqda. Yaponlar esa Fukusimadan keyin toʻxtatilgan atom elektr qurilmalarini qayta ulashga qaror qilishdi. Bu nimani anglatadi? Bu qarorlar oʻsha paytda shoshma-shosharlik yoʻsinda qabul qilingan. Mamlakatda yolgʻiz qayta tiklanadigan energiya bilan ish bitmasligini hayot koʻrsatmoqda. Asosiy energiya manbalari sifatida zamonaviy bugʻ-gaz qurilma asosida ishlaydigan issiqlik elektr stansiyalari (IES), gidroakkumulyatsiyalaydigan stansiya (GAES), atom energetikasi va qoʻshimcha manbalarning birikmasi boʻlishi kerak».

YEI mamlakatlarida kuzatilganidek, mamlakat energiya balansi va elektr energiyasi ishlab chiqarishida buzilishning oldini olish maqsadida olim ularning nisbatini 20 yoki 25 foiz nisbatda teng taqsimlashni tavsiya etadi. Bunday yondashuv davlatning energiya resurslari va energiya xavfsizligini diversifikatsiya (manbalarni har xilligi) qilishni taʼminlaydi va har bir manbadan samarali foydalanishni beradi.

Energetika-davlat iqtisodiyoti rivojlanishi uchun asos boʻlib hisoblanadi

“Energetika — bu havo kabi asosiy hayotiy ehtiyoj”, — deb hisoblaydi akademik Allayev. — Eʼtibor qiling, agar elektr oʻchib qolsa, biz darhol oʻzimizni qorongʻu asrlarda boʻlganidek his qilamiz! Kelajak haqida gap ketganda, siyosiy emas, balki muhandislik yechimni qabul qilish toʻgʻriroqdir. Nimaga Yevropa gazsiz qoldi? Chunki oʻz davrida siyosatchilar doimiy narxlari koʻrsatilgan uzoq muddatli shartnomalardan voz kechishdi. Energetika kabi murakkab sohadagi masalalar ikki yil ichida hal etilmaydi. Ular texnologiyalarning rivojlanishini hisobga olgan holda texnik-iqtisodiy asosga asoslangan holda koʻrib chiqilishi lozim».

Elektr energiyaning yetishmasligi, oqibatda iqtisodiyotning barcha sohalariga salbiy zarba berishi va buning natijasida isteʼmolchilar choʻntagi hisobiga qoplanishiga olib keladi. Yevropa mamlakatlaridagi vaziyat xuddi shunday iqtisodiy oqibatlarning koʻlamini koʻrsatadi.

Olimning fikricha, Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari atom energetikasini faol rivojlantirmoqda. BAA, Saudiya Arabistoni, Turkiya, Bangladesh kabi faol quyosh salohiyatiga ega davlatlar ham atom elektr stansiyalarini yoqlashmoqda. Shuni taʼkidlash kerakki, atom elektr stansiyalarining qurilishi barcha sohalarning rivojlanishini ragʻbatlantiradi — qurilishdan tortib mashinasozlik va asbobsozlikkacha, butun taʼlim tizimi kuchli turtki oladi, yangi ilmiy mutaxassisliklar paydo boʻladi.

“Nima uchun uglevodorod va quyoshga boy boʻlgan Arab davlatlari atom elektr stansiyalarini qurmoqda? Chunki ularga ham doimiy va ishonchli manbalar kerak. Ayniqsa uzluksiz energiya taʼminotini talab qiladigan metallurgiya, kimyo sanoati ularga muhtoj. Optimal yechim bir-birini toʻldiradigan turli energiya manbalarining simbiozidir (birlashmasi). Masalan, atom energetikasidan nafaqat asosiy elektr energiyasi ishlab chiqilishini taʼminlash, balki kechasi quyosh generatsiyasini yoʻqligini qoplash yoki vodorod ishlab chiqarish uchun elektr energiyani ishlab chiqish uchun ishlatilishi mumkin”, deydi Qahramon Allayev.

Mamlakat energiya taqchilligi masalasini hal qilishga nima imkon beradi

Allayevning fikriga koʻra, Oʻzbekiston oʻz energetikasini rivojlantirish borasida yaxshi istiqbolga ega, biroq ularni amalga oshirish uchun koʻp mablagʻ, vaqt va kuch kerak boʻladi. Mamlakat energetika muhandislari oldida 2030-yilga kelib 120 milliard KvT soatgacha elektr energiyasi ishlab chiqarish, yaʼni joriy yilga nisbatan qariyb ikki barobar oshirish vazifasi turibdi. Qanday usullar bu vazifani amalga oshirish imkonini berishi mumkin? Allayev oltita asosiy bandlarni sanab berdi.

Birinchisi, energiya tejash va ishlab chiqarishning energiya samaradorligini oshirish va kamida 30 foiz salohiyatga energiya resurslaridan foydalanish.

Ikkinchisi, elektr va issiqlik ishlab chiqarishning foydali ish koeffitsiyentini ikki barobar oshiradigan bugʻ-gaz texnologiyalaridan foydalanish.

Uchinchisi, koʻmirdan zararli chiqindilarning oʻsishini oldini olish uchun yangi yonish texnologiyalari yordamida foydalanish. Hukumatimiz tomonidan 2030-yilga borib koʻmir orqali elektr energiyasi ishlab chiqilishini 15 foizga yetkazish haqida gapirilganda,  yangi texnologiyalardan foydalanishni qoʻllash nazarda tutiladi.

Toʻrtinchisi, bu atom energetikasi. Koʻmir va gaz qazib olish yildan-yilga qiyinlashib, qimmatlashib bormoqda. Demak, oxirgi foydalanuvchi uchun uglevodorodli generatsiyani  ishlab chiqish (50-60 foizgacha) tannarxi hisobiga kVt*soat qiymati oshishini anglatadi. Atom energetikasida oxirgi mahsulot — elektr energiyasida yoqilgʻining narxi 5-10 foizni tashkil etadi. Shuning uchun uran narxlarining oshishi elektr energiyaning tannarxiga deyarli taʼsir qilmaydi. Bundan tashqari, atom energetikasi rivojlanmay qolmayapti, yangi muhandislik yechimlari paydo boʻlmoqda.

Beshinchisi, bu suv energetikasi majmuidan optimal foydalanish. 8-10 yil ichida suv tanqisligi muammosi xavfini sogʻlom tarzda baholash lozim. Demak, qishloq xoʻjaligi va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari uchun bu yoʻnalishdagi yechimlarni izlab topish va ishlab chiqish zarur. Yevropa va Oʻzbekistondagi uy xoʻjaliklari tomonidan qancha suv isteʼmol qilinayotgani haqidagi qiyosiy raqamlar tushkun holatda namoyon boʻlmoqda. Mamlakatimiz koʻrsatkichlari ancha yuqori. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti FAO maʼlumotlariga koʻra esa Oʻzbekiston suv zaxiralarining 169 foizidan foydalanadi.

Oltinchisi, bu mamlakatda qayta tiklanadigan energiya va vodorod energetikasini rivojlanishi hisoblanadi. «Agar 2030-yilga borib Oʻzbekistonda qayta tiklanadigan energiyaning oʻrnatilgan quvvati 8 ming MVtga yetishi kerak boʻlib, shundan 5 minggi quyosh stansiyalari, 3 minggi shamol tufayli boʻlsa, yondashuv va yechimlar, stansiya joylari va boshqalarni jiddiy oʻylab koʻrishimiz kerak», — deydi Allayev. — Masalan, kechki mahaldagi sutkalik jadvaldagi tushishlar qanday qoplanadi? Issiqlik elektr stansiyalari hisobidan toʻldirish — bu ularning uskunalarining eskirishini oshirish demakdir: bloklarni doimiy ravishda yoqish va oʻchirish mexanizmlarning ishonchliligiga salbiy taʼsir koʻrsatadi. Bundan tashqari, taʼkidlash lozimki, har 1000 MVt qayta tiklanadigan energiya quvvati uchun (300-500) MVt zaxira quvvati uchun issiqlik yoki atom generatsiyasi zarur boʻladi. Bunday xarajatlarni qoplashga biz qanchalik boymiz? Generatsiyaning turi va xiliga qarab, bu haqda toʻgʻri oʻylab koʻrish, astoydil ikki pallani tortib koʻrish va barcha tafsilotlarni hisobga olish kerak».

Nima uchun energetikani ommalashtirish lozim

Mutaxassislar energetikaning muhandislik va texnologik jihatlari haqida oddiy va qulay tilda tushuntirish kerakligi haqida tobora koʻproq gapirishmoqda. “Nima uchun?” - deb soʻraydi oʻquvchi. 

Allayevning fikricha, bugungi kunda energetika sanoatida iqtisodchilar va moliyachilar soni koʻpaygan, muhandislik taʼlimiga ega malakali energetika muhandislari yetarli yemas.

“Hozir shunday zamonki, inson asosiy yoki maxsus taʼlim olmagan holda soha muammolari bilan shugʻullanishi mumkin. Misol uchun,energetika sohasida ishlaydigan koʻplab menejerlar elektr muhandislari emas. Ular kimyogarlar, iqtisodchilar boʻlishi, boshqa sohalarda tajribaga ega boʻlishi mumkin.Energetika sohasidagi chuqur jarayonlarni tushunmasdan turib energetika sanoati muammolarini tushunish juda qiyin. Shuning uchun muallifning «Zamonaviy energetika va uni rivojlanish istiqbollari” monografiyasi asosiy ixtisoslashgan taʼlimga ega boʻlmagan, bu sohada faoliyat olib borayotganlar uchun  yozilgan. U shuningdek, jahon va Oʻzbekiston energetika sohasining rivojlanishi haqida hikoya qilib maʼlumot beruvchi material sifatida ixtisoslashgan oliy oʻquv yurtlari tadqiqotchilari va talabalarining umumiy rivojlanishi uchun ham foydali boʻlishi mumkin.

Xulosa qilib shuni aytmoqchimanki, kelajakda Oʻzbekiston yoqilgʻi-energetika majmuasining strategik rivojlanishi qayta tiklanadigan va atom energetikasi manbalaridan birgalikda foydalanish (simbioz), uglevodorodlarni chuqur qayta ishlash, vodorod ishlab chiqarish, slanes konlarini ishlab chiqish va ularni respublika energetika sektorida qoʻllash, bir vaqtning oʻzida energiya samaradorligini oshirish va ulardan mamlakatning iqtisodiyoti tarmoqlarida oqilona foydalanish usullarini jadallashtirishga asoslangan boʻladi.

R. ALISHEROV.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?