Yevropada chaqaloqlar oʻrtasida ekxovirus infeksiyasi keng tarqalmoqda
Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotiga Yevropaning olti davlati — Buyuk Britaniya, Ispaniya, Italiya, Fransiya, Xorvatiya va Shvetsiyadan yangi tugʻilgan chaqaloqlarda ekxovirus-11 (E-11) bilan kasallanish holatlari koʻpayayotganiga doir xabarlar kelib tushdi.
Xususan, Fransiya sogʻliqni saqlash vazirligi shu yil may oyida mazkur infeksiya tufayli goʻdaklar oʻrtasida sepsisning ogʻir shakllari ortganini maʼlum qilgan.
Oqibatda bu yerda yetti nafar goʻdak hayotdan koʻz yumdi, yana ikki nafarining ahvoli ogʻir. Iyun oyidan boshlab esa Yevropaning boshqa mamlakatlarida ham infeksiyaga chalinish holatlari qayd etilgan.
Tahlillarga koʻra, 2016-yildan 2021-yilgacha dunyo boʻyicha chaqaloqlar oʻrtasida E-11 ni yuqtirish koʻrsatkichi boshqa yuqumli kasalliklarga qiyoslaganda 6,2 foizni tashkil etgan boʻlsa-da, oʻtgan yili bu raqamlar 55 foizgacha koʻtarilgan.
JSST garchi bu holatni aholi salomatligi uchun global xavf, deb baholamagan boʻlsa-da, shifokorlarni tekshiruv qamrovini oshirishga va ehtiyotkorlikka chaqirdi.
Eslatib oʻtamiz, ekxovirus — turli yuqumli xastaliklarni keltirib chiqaruvchi, oʻzida ribonuklein kislotalar saqlovchi enteroviruslar (ichak viruslari) guruhiga mansub.
U ichak, markaziy nerv tizimi, yurak va boshqa aʼzolarning zararlanishi bilan kechadigan turli kasalliklarga sabab boʻladi. Enteroviruslar tashqi muhitda uzoq vaqt yashash qobiliyatini saqlaydi, kislotaga chidamli.
Odatda xastalik yengil shaklda davom etadi. Ammo yangi tugʻilgan chaqaloqlarda infeksiya oʻtkir virusli gepatit, sepsis, meningit va qon ketishining buzilishi kabi kasallik va ogʻir asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring