Yevropa Superligasi va UEFA kelishuv arafasida — 2027-yildan yangi musobaqa boshlanishi mumkin
Yevropa Superligasi va UEFA rahbarlari yaqin yillarda qitʼada klub futbolini yangi formatda tashkil etish masalasida kelishib olish arafasida turibdi. Bu haqda The Sun nashri xabar berdi.
Manbaga koʻra, ikki tashkilot Chempionlar Ligasini mutlaqo yangi koʻrinishda oʻtkazish niyatida. Shu bilan birga, musobaqa nomi — “UEFA Champions League” saqlanib qoladi. Yangi formatda quyidagi oʻzgarishlar nazarda tutilgan:
— Musobaqada 36 ta klub ishtirok etadi.
— Jamoalar ikki toifaga ajratiladi: UEFA reytingida eng yuqori oʻrinda turgan 18 ta top-klub va oʻrta reytingdagi 18 ta klub.
— Top-18 jamoa oʻzaro raqobat qiladi, oʻrta reytingdagi 18 ta klub esa oʻz guruhida bellashadi.
— Turnir oʻyinlari muxlislarga Netflixʼga oʻxshash maxsus platforma orqali bepul yoki juda arzon narxda namoyish etiladi.
Maʼlumot uchun, ushbu yangi formatdagi musobaqa 2027-yildan start olishi kutilmoqda.
Agar kelishuvga erishilsa, Yevropa klub futbolining eng nufuzli turniri yangi tarixiy bosqichga qadam qoʻyadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring