Yevropa Ittifoqida «TikTok»ni toʻliq taqiqlash masalasi koʻtarildi
Arxiv surat
Finlyandiya parlamenti aʼzosi Xanna Kosonen Xitoy hukumatining ehtimoliy josusligi tufayli «TikTok» ijtimoiy tarmogʻini toʻliq taqiqlash masalasini koʻtardi. Bu haqda uning hukumatga yoʻllagan murojaatida aytilgan.
«Xitoy Kommunistik partiyasi nazorati ostidagi kompaniya tomonidan yaratilgan «TikTok» josuslik, bolalar va yoshlar salomatligi, jamoat tartibini buzish tufayli xavfli. Gʻarbning bir qancha rasmiylari josuslikni tasdiqlagan holda «TikTok»ni ish telefonlariga yuklab olishni taqiqlagan», — deyiladi deputatning maktubida.
«Hozirda birgina Finlyandiyada bir yarim million foydalanuvchi bir yarim million mikrofon va kameralar yordamida Xitoy davlatiga maʼlumot yuboradi. Virtual josuslik ilova bilan samarali boʻladi, odamlarga nisbatan anʼanaviy josuslik esa bu miqyosga yaqinlashmaydi», — deydi Xanna Kosonen.
Asosiy tahdidlardan biri, parlamentariyning fikricha, ilova algoritmi foydalanuvchiga qanday kontent koʻrsatilishini belgilab beradi.
«Xitoyning oʻzi fuqarolariga bunday ilovadan foydalanishga ruxsat bermaydi. Shuning oʻzi ham Yevropa Ittifoqida jiddiy signal boʻlishi boʻlishi kerak», — deya taʼkidlaydi Kosonen.
Shu munosabat bilan u hukumatga «TikTok»ning mamlakatdagi faoliyati bilan bogʻliq xavflarni tushunadimi yoki yoʻqmi degan bir qator savollarni beradi:«Hukumat «TikTok» finlar, ayniqsa Finlyandiya bolalari va yoshlari salomatligi va xavfsizligiga tahdid soladigan xavf-xatarlarga qanday munosabatda boʻladi? Hukumat butun Yevropa Ittifoqi va/yoki Finlyandiyada «TikTok»ni taqiqlash orqali fuqarolarni himoya qilish uchun chora koʻrmoqchimi?
Eslatib oʻtamiz, avvalroq AQSH prezidenti Jo Bayden mamlakatda «TikTok» ijtimoiy tarmogʻini taqiqlovchi qonun loyihasini imzolagan va shunga qaramay, undan saylovoldi tashviqotida foydalanishda davom etgan edi.
«Bayden maʼmuriyati oʻz saylovoldi kampaniyasida «TikTok»dan foydalanishda «TikTok» taqiqini qoʻllab-quvvatlayotgani aniq ikkiyuzlamachilikdir. Menimcha, bu uning va uning xalqi «TikTok»ning kuchi va zarurligini bilishidan dalolat beradi», dedi ushbu tarmoqda tanilgan bloger Kalil Grin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring