Yevropa Ittifoqi Ukrainaga 145 million yevro miqdorida gumanitar yordam koʻrsatadi

15:18 30 Yanvar 2026 Dunyo
328 0

Yevropa Ittifoqi Ukrainaga qoʻshimcha 500 ta favqulodda elektr generatorlarini yetkazib beradi.

Yevropa Ittifoqi Ukrainaga 145 million yevro miqdorida gumanitar yordam koʻrsatishi mumkin. Bu haqida BILD nashri maʼlum qildi.

Yevropa komissiyasi taqdim qilgan maʼlumotlarga koʻra, Ukrainaga ajratilishi kutilayotgan mazkur gumanitar yordam oziq-ovqat, suv taʼminoti va tibbiy xizmatlar sifatini yaxshilash uchun sarflanishi koʻzda tutilgan.

Shuningdek, Yevropa Ittifoqi qoʻshimcha 500 ta favqulodda elektr generatorlarini yetkazib berishni ham rejalashtirmoqda. Maʼlum boʻlishicha, oʻtgan kunlar mobaynida ittifoq tomonidan 447 ta elektr generatorlari Kiyevga yetkazib berilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?