Yevropa Ittifoqi Rossiya gazisiz ham yashay oladi

Foto: AFP
Ukraina poytaxti rasmiylariga koʻra, Rossiya Kiyevga uchuvchisiz uchoqdan hujum uyushtirgan. Qurbonlar va vayronagarchiliklar haqida hozircha maʼlumot berilmadi.
Shuningdek, Ukraina Rossiyaning janubiy chegarasidagi Belgorod viloyatiga bir qator dron hujumlarini yoʻllashi oqibatida kamida sakkiz kishi jarohatlangan. Avtomobillar va mulklarga zarar yetgan.
Ukraina hukumati Rossiya kuchlarining oldinga siljishi fonida Xarkov viloyati shimoli-sharqidagi Kupyansk va Borova shaharlarini evakuatsiya qilishni buyurdi. Xarkov gubernatori evakuatsiya boʻyicha buyruq majburiy ekanligini aytdi.
Oq uy Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning Shimoliy Koreya askarlari Ukrainada Rossiya uchun jang qilayotgani haqidagi daʼvolaridan xavotirda ekanini taʼkidladi. Kreml bu ayblovni “soxta xabar” deb rad etgan.
Yevropa Kengashi prezidenti Sharl Mishelning aytishicha, Zelenskiy payshanba kuni Bryusselda boʻlib oʻtadigan Yevropa Ittifoqi yetakchilari sammitida Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushidagi soʻnggi voqealarni sarhisob qilish va gʻalaba rejasini taqdim etish uchun taklif qilingan.
Blokning energiya boʻyicha komissarining aytishicha, Ittifoq Rossiya gazisiz ham qiynalib qolmaydi va buning muqobil yoʻllari koʻp. Rossiya energetika giganti “Gazprom” yiliga qariyb 7 milliard dollar zarar koʻrganidan keyin 14 ta mehmonxona va dam olish maskanlarini sotishini maʼlum qildi. Bu deyarli chorak asrdagi birinchi bunday yoʻqotishdir.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring