Yevropa bozorlariga limon mahsulotlarini eksport qilish uchun yoʻl ochildi
Illyustrativ foto
Zaminimiz oftobiga toʻyinib, pishib yetilgan sarxil noz-neʼmatlar gʻoyat mazali va foydali darmondorilarga boy. Ularni nafaqat yurtdoshlarimiz, balki xorijliklar ham birdek sevib isteʼmol qiladi. Shu bois meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash, quritish va qadoqlash boʻyicha yangi quvvatlarni ishga tushirish va bu yoʻnalishdagi loyihalarni amalga oshirish boʻyicha mamlakatimizda samarali ishlar olib borilmoqda.
Namangan viloyatidagi 81 ta fermer xoʻjaliklari hamda tomorqa yer egalarini kooperatsiya asosida birlashtirgan Norin tumanidagi “VALLEY FRUITS” korxonasi ham ayni shu yoʻnalishda samarali faoliyat koʻrsatib kelayotir.
Tadbirkor Zuhriddin Hoshimovning bildirishicha, korxona 2017-yilda tashkil etilgan boʻlib, eksport boʻyicha Rossiya, Angliya ishbilarmonlari bilan dastlabki shartnomalar imzolashga erishgan. Bugungi kunda 0,5 gektar maydonda 2,500 tonnalik sovutgich omborida agroklaster mahsulotlarini eksportga tayyorlayotgan ushbu korxonaga “Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” davlat muassasasi tomonidan koʻrsatilgan amaliy yordam natijasida limon mahsulotlari uchun xalqaro “GLOBAL G.A.P” sertifikatini olishga erishildi.
Buning natijasida “VALLEY FRUITS” korxonasi limon mahsulotlarini Yevropa bozorlariga hech qanday toʻsiqlarsiz eksport qilish imkoniyatiga ega boʻldi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring