Everestni zabt etgan hamyurtimiz
Hasan PAYDOYEV - «Xalq so‘zi»
Sergey Denisenko eng murakkab yo‘nalishlardan biri bo‘lgan Janubiy qiyalikdan Everest cho‘qqisini zabt etgan birinchi O‘zbekiston alpinisti bo‘ldi. Qahramonimiz kecha o‘z Vatani — O‘zbekistonga qaytib keldi va Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi.
— Inson agar biror narsani chin dildan niyat qilsa, shu yo‘lda harakatdan to‘xtamasa, albatta, ko‘zlagan maqsadiga erishadi, — deydi Sergey Denisenko. — Men yoshligimdan Everestni orzu qіldim, shu cho‘qqini zabt etishni maqsadimga aylantirdim.

Bugun o‘sha orzuyim ushaldi, o‘sha maqsad o‘z samarasini berdi. Harakat va intilish barcha yutug‘imning kaliti. Bu cho‘qqini men emas, ota-onam, yaqinlarim, xalqim, Vatanim — O‘zbekiston zabt etdi.
Sergey Denisenko Everest cho‘qqisidan tashqari, Surxondaryoning Boysuntog‘ tizmasidagi Xoja Gur-Gur, Qozog‘istonning Karjantau tog‘ tizmasidagi Diplomat, g‘arbiy Tyan-Shanning bir qator cho‘qqilarini ham zabt etgan.
«Xalq so‘zi».
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring