YTTB Oʻzbekistondagi pivo ishlab chiqaruvchi kompaniyaga 6 mln dollar kredit ajratadi

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki Oʻzbekistondagi pivo ishlab chiqaruvchisi boʻlgan “UzCarlsberg” kompaniyasiga 6 million dollargacha boʻlgan aylanma mablagʻlar uchun kredit ajratadi.
Kompaniya 2022-yildan buyon YTTB mijozlaridan biri hisoblanadi. Bu safargi kredit mablagʻlari asosan ingrediyentlar va qadoqlash materiallari xaridiga, shuningdek, mavsumiy talabning oshishi fonida zaxiralarni samarali boshqarishga yoʻnaltiriladi.
Bank bugunga qadar Oʻzbekistondagi 174 ta loyiha doirasida 5,5 mlrd yevrodan ortiq mablagʻ sarmoya kiritgan boʻlib, ularning katta qismi xususiy sektorni rivojlantirishga yoʻnaltirilgan.
Taʼkidlash joiz, mamlakatimiz soʻnggi besh yil davomida Markaziy Osiyoda YTTB mablagʻlaridan asosiy investitsiya oluvchi boʻlib kelmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Milliy sertifikat imtihoni natijalari 21 ish kuni ichida e’lon qilinadi — Bilimni baholash agentligi
- Ichki ishlar vaziri Buxoro viloyati IIBning 10 ga yaqin rahbarini ishdan boʻshatdi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Abdulaziz Komilov Italiyaning eng yuqori davlat mukofoti bilan taqdirlandi
- Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda past natija qayd etdi
- Yangi hafta avvalida qanday ob-havo kuzatilishi maʼlum qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring