Etnosport festivali doirasida belbogʻli kurash boʻyicha xalqaro turnir oʻtkazildi
Foto: “Xalq soʻzi”
Joriy yilning 7 — 11-sentyabr kunlari Xiva shahridagi “Ichan qalʼa” tarixiy majmuasida ilk bor Xalqaro etnosport festivali boʻlib oʻtdi. Uning doirasida milliy sport turimiz sanalgan belbogʻli kurash boʻyicha erkaklar oʻrtasida beshta vazn toifasida xalqaro turnir oʻtkazildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi hamda Jahon belbogʻli kurash assotsiatsiyasi tomonidan oʻtkazilgan mazkur nufuzli xalqaro turnirda Hindiston, Moʻgʻuliston, Ozarbayjon, Rossiya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston kabi 10 dan ortiq davlatlarning nomdor polvonlari gʻoliblik ishtirok etishdi. Yuqori saviyada tashkil etilgan turnirda oʻzbekistonlik Nusrat Yuldoshev, Ogʻabek Amatbayev, turkmanistonlik Annagurban Allaberdiyev, Nobatgeldi Nazarov, qozogʻistonlik Nursulton Kuzageldi ulu oʻz vazn toifasida gʻoliblikka erishdi.
Turnir yakunida kuchli uchlikdan joy olgan polvonlar jahon belbogʻli kurash konfederatsiyasi tomonidan diplom va medallar bilan taqdirlandi. Taqdirlash marosimida jahon belbogʻli kurash assotsiatsiyasi prezidenti Azizbek Gʻaniyev ishtirok etdi.
Shuningdek, Jahon belbogʻli kurash assotsiatsiyasi prezidenti Azizbek Gʻaniyev raisligida navbatdagi kongress ham tashkil etildi. Unda Jahon belbogʻli kurash assotsiatsiyasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar sarhisob qilindi. Kongressda Ozarbayjon, Litva, Turkmaniston, Tojikiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Italiya, Ispaniya, Rossiya, Oʻzbekiston, Hindiston, Eron, AQSH, Shvetsiya, Janubiy Koreya, Yaponiya, Xitoy, Gruziya, Isroil, Moʻgʻuliston, Estoniya hamda Latviya belbogʻli kurash federatsiyasi rahbarlariga aʼzolik sertifikatlari topshirildi.
Kongress soʻnggida Amerika Qoʻshma Shtatlari belbogʻli kurash federatsiyasi vakili, Toshkent — Sietl hamdoʻstlik shaharlari assotsiatsiyasi raisi Lola Zaxarova bilan AQSHda belbogʻli kurashni ommalashtirish borasida Jahon belbogʻli kurash assotsiatsiyasi prezidenti Azizbek Gʻaniyev, Osiyo belbogʻli konfederatsiyasi raisi Moʻmin Muratov hamda Oʻzbekiston belbogʻli kurash federatsiyasi raisi Ravshan Dastirovlar bilan hamkorlik memorandumi imzolandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring