Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni uy-joy bilan taʼminlash tartibi belgilandi
Hukumat qarori (656-son, 25.10.2021-y.) bilan Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni uy-joy bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomga koʻra, yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga uy-joylar viloyat hokimliklari tomonidan bozordagi koʻp kvartirali uylardan ajratiladi.
Bunda oʻquv-tarbiya muassasalari va tuman (shahar) hokimliklari bolalarni muassasada boʻlish muddati tugashidan bir yil avval uy-joyga muhtoj sifatida “onlayn-navbat”ga kiritib boradi.
Bolalarga 18 yoshga toʻlgan yilda:
koʻp kvartirali uy-joylardan umumiy maydoni 25 kvadrat metrdan kam boʻlmagan 1 xonali;
voyaga yetgan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar oʻrtasida nikoh tuzilgan hollarda, 50 kvadrat metrdan kam boʻlmagan 2 xonali kvartiralar ajratiladi.
Uy-joylar mulkka egalik qilish huquqi asosida, biroq 30 yoshga toʻlgungacha uni sotish huquqisiz beriladi.
Nizomga koʻra, uy-joylar tuman hokimligi tomonidan ajratilib, yashash uchun barcha zarur sharoitlarga ega holda topshiriladi.
Uy-joy bilan taʼminlanish holati haqidagi maʼlumotlar har oyda yangilanadi va Xalq taʼlimi vazirligi rasmiy veb-saytida joylashtirib boriladi.
Uy-joy berish toʻgʻrisidagi qaror asosida tuman (shahar) hokimligi order beradi va ushbu order berilgan uy-joyga koʻchib kirish uchun asos hisoblanadi.
Orderlar “onlayn-navbat” axborot tizimidagi qatʼiy ketma-ketlik asosida beriladi.
Uy-joy order berilgan kundan 10 kundan kechikmay notarial rasmiylashtiriladi.
Qarorga koʻra shuningdek, 2022-yil 1-yanvardan:
● yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning uy-joyga muhtojligi “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali aniqlanadi;
● yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni farzandlikka, vasiylikka (homiylikka, patronatga) olish “Vasiylik va homilik” elektron platformasi orqali onlayn murojaatga asosan amalga oshiriladi.
2022/2023 oʻquv yilidan “Ijtimoiy ish” bakalavriat taʼlim yoʻnalishida “Vasiylik” va “Homiylik” sohasi boʻyicha oliy maʼlumotli kadrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring