Senatning ishchi guruhi Navoiy viloyatida yoshlar masalalari boʻyicha oʻrganish ishlarini boshladi

Taʼkidlandiki, davlatimiz rahbarining yuqorida keltirilgan qarorida 2021-yil 1-dekabrga qadar mamlakatimizda uy-joyga muhtoj 757 nafar yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni uy-joy bilan taʼminlash vazifalari belgilangan.

13:49 26.01.2022
“Mehr daftari” tizimini joriy etish tartibi belgilandi

Hukumat qarori (26-son, 17.01.2022-y.) bilan Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan “Mehr daftari” tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

21:55 18.01.2022
Fargʻonadagi Bolalar uyi bolalari oilalar bagʻriga qaytmoqda

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev oʻtgan yilning iyul oyida oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida nogironligi boʻlgan, ota-ona qaramogʻidan mahrum va yetim bolalarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashni kengaytirish, ijtimoiy nafaqalarni takomillashtirish, Mehribonlik uylaridagi bolalarni oilaga yaqin muhitda tarbiyalash, bilim va maʼnaviyatli, vatanparvar insonlar etib voyaga yetkazish...

12:02 18.01.2022
Pensiya tayinlashda oʻzgarishlar boʻlyapti

Chernobil halokati oqibatida III guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga pensiya tayinlash masalasi “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonunida oʻz aksini topmaganligi sababli, qonun loyihasida ushbu toifadagi shaxslarga pensiya tayinlash huquqi qonun bilan mustahkamlab qoʻyilmoqda.

23:25 13.01.2022
Samarqandda 1-sonli Mehribonlik uyi eshiklari butunlay yopildi

Bugungi kunda ota-ona qaramogʻidan mahrum va yetim bolalarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimi yangi bosqichga olib chiqilishi ijtimoiy sohada qiyosi yoʻq natijalarga zamin yaratmoqda.

12:05 05.01.2022
Jismoniy tarbiya va sport tashkilotlari tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar ham QQS obyekti sifatida belgilanmoqda — Soliq kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirma ikkinchi yalpi majlisida “Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun muhokama etildi.

16:00 15.12.2021
Bolani parvarishlash davrini mehnat stajiga qoʻshish taklif etilmoqda

2021-yil 13-dekabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

10:03 14.12.2021
Ipoteka krediti boʻyicha subsidiyalarni toʻlashda kvartira maydonining eng koʻp meʼyorini belgilash amaliyoti bekor qilinadi

“Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan taʼminlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident farmoni (PF–33-son, 09.12.2021-y.) qabul qilindi.

17:57 11.12.2021
Oqdaryoda yana bir Oilaviy bolalar uyi ochildi

Joriy yilda mamlakatimiz Prezidenti rahbarligida nogironligi boʻlgan, ota-ona qaramogʻidan mahrum va yetim bolalarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning yangi tizimini tatbiq etish boʻyicha oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida Mehribonlik uylari va maxsus maktab- internatlarini Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi masʼulligiga oʻtkazish taklifi ilgari surilgan edi.

12:54 09.12.2021