Ertaga “Paxtakor-79” xotirasiga bagʻishlangan oʻrtoqlik oʻyini oʻtkaziladi
1979-yilning 11-avgust sanasi oʻzbek futboli muxlislari uchun mudhish kun sifatida tarixga muhrlangan. Maʼlumki, oʻsha kuni SSSR oliy ligasida navbatdagi tur oʻyinini oʻtkazib qaytayotgan “Paxtakor” klubi aviahalokatga uchragan.
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi va “Paxtakor” klubi har yili ushbu sanada mazkur halokat qurbonlari xotirasiga bagʻishlab turli tadbirlar, xususan, afsonaviy futbolchilar oʻrtasida musobaqa oʻtkazib keladi. OʻFA matbuot xizmati xabariga koʻra, bu galgi bellashuv ertaga, 14-avgust kuni oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Unda Mirjalol Qosimov, Azamat Abduraimov, Baxtiyor Ashurmatov, Odil Ahmedov, Server Jeparov, Timur Kapadze, Ignatiy Nesterov, Ravshan Irmatov kabi nomlardan iborat Oʻzbekiston terma jamoasi Rossiya futboli afsonalariga qarshi maydonga tushadi.
Rossiya terma jamoasi tarkibida Rinat Dasayev, Dmitriy Alenichev, Valeriy Shmarov, Yegor Titov kabi futbol yulduzlari maydonga tushishi kutilmoqda.
Oʻzbekiston faxriylar terma jamoasiga mamlakat futboli afsonasi Birodar Abduraimov, Rossiya faxriylar termasiga Aleksandr Mirzayan bosh murabbiylik qiladi.
Mazkur bahs ertaga “JAR” stadionida boʻlib oʻtadi. Oʻyinga soat 19:00 da start beriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring