Ertaga oʻqishni koʻchirish boʻyicha arizalar yuborishning oxirgi kuni
Ertaga oʻqishni koʻchirish boʻyicha arizalar qabuli yakunlanadi. Bu haqida Taʼlim nazorati Telegram-kanali xabar berdi.
Maʼlumki, joriy yilning 10-yanvar kunidan bahorgi semestr uchun oʻqishni koʻchirish (qayta tiklash) boʻyicha arizalar qabuli boshlangan edi. Arizalar qabuli ertaga, 20-yanvar kuni yakunlanadi.
Arizalar quyidagi shakllarda:
- Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy “transfer.edu.uz” sayti;
- Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — “my.gov.uz” orqali onlayn qabul qilinishi mumkin.
Bahorgi semestr oldidan bir oliy taʼlim tashkilotidan boshqasiga “koʻchirib tiklash” boʻyicha arizalar qabul qilinmaydi.
1-bosqich (1-kurs) 1-semestriga oʻqishni koʻchirishga ruxsat etilmaydi (istisno holatlar bundan mustasno).
Ruxsat kimlarga beriladi?
- talaba oila qurishi munosabati bilan turmush oʻrtogʻi doimiy yashaydigan hududdagi oliy taʼlim muassasasiga oʻqishini koʻchirish istagidagilarga;
- davlat organlarining xodimlari ish joyi oʻzgargan taqdirda uning turmush oʻrtogʻi yoki voyaga yetmagan farzandi oʻqishini koʻchirmoqchi boʻlganlarga (tegishli vazirlik (idora) rahbarining tavsiyasi asosida).
Arizalar 21-yanvardan 10-fevralgacha koʻrib chiqiladi va natijasi yuzasidan talabgorlarga maʼlum qilinadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring