Eronda qiyin ahvolda qolgan oʻzbekistonlik Vatanga qaytarildi

13:16 03 Fevral 2026 Jamiyat
420 0

Foto: “Dunyo”

Eron hududida ogʻir hayotiy vaziyatga tushib qolgan Oʻzbekiston fuqarosi Vatanga qaytarildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, Oʻzbekiston fuqarosi hujjatlar bilan bogʻliq muammo va ogʻir moliyaviy ahvol tufayli diplomatik vakolatxonaga murojaat qilgan. Shundan soʻng elchixona xodimlari zudlik bilan uning qaytarilishini tashkil etish boʻyicha zarur choralarni koʻrgan.

Eron rasmiylari bilan hamkorlikda xorijga chiqish vizasi rasmiylashtirilgan. Eronning “Zagros Air” aviakompaniyasi bilan muzokaralar oʻtkazilib, natijasi boʻyicha Tehron–Toshkent toʻgʻridan-toʻgʻri reysi uchun aviachipta imtiyozli shartlarda sotib olingan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер