Eron va “Hizbulloh” Isroilga hujum qilishi kutilmoqda – Blinken

02:09 06 Avgust 2024 Dunyo
257 0

AQSH davlat kotibi Entoni Blinken Eron va “Hizbulloh” yaqin 24-48 soat ichida Isroilga hujum qilishi mumkinligidan ogohlantirdi.

AQSHning “Axios” nashri tomonidan tasdiqlanmagan hisobot dushanba kuni eʼlon qilindi. Eron va “Hizbulloh” oʻtgan hafta HAMAS va “Hizbulloh”ning yuqori yetakchilari oʻldirilgani uchun oʻch olishga vaʼda bergan edi. Ismi oshkor qilinmagan uch nafar manbadan keltirilgan iqtibosga koʻra, Blinken G7 ga Isroilga qarshi dushanba kuniyoq hujum boshlanishi mumkinligini maʼlum qildi. Shuningdek, u Vashington hujumlarning aniq vaqtini bilmasligini qoʻshimcha qilgan.

AQSH davlat kotibi hamkasblariga qarama-qarshilikni toʻxtatishga va keskinlashuvning oldini olishga umid qilishini aytib, ularni ham tomonlarga diplomatik bosim oʻtkazishga chaqirgan.

Kanada, Fransiya, Germaniya, Italiya, Yaponiya va Buyuk Britaniyani oʻz ichiga olgan G7 dushanba kuni bayonot eʼlon qilib, Yaqin Sharqdagi mazkur holatdan chuqur xavotir bildirdi va barcha tomonlarni vazminlikka chaqirdi. “Hech bir mamlakat yoki millat keyingi keskinlashuvdan foyda koʻrmaydi”, deyiladi bayonotda.

Maʼlumot uchun, Ismoil haniya oʻldirilganidan keyin AQSH javob hujumlarini inobatga olib, Yaqin Sharqqa qoʻshimcha harbiy kuchlar yubordi.

AQSH Markaziy qoʻmondonligi rahbari general Maykl Kurilla dushanba kuni Isroil armiyasi bilan ehtimoliy hujum oldidan tayyorgarlikni yakunlash uchun mamlakatga keladi. Bu haqda Axios nashri xabar berdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер