Eron oʻzining raketa arsenalini yashirincha qayta tiklamoqda — BILD
Eron 2025-yilda Isroil bilan boʻlib oʻtgan oʻn ikki kunlik urush vaqtida uchragan yoʻqotishlarni, jumladan, zavodlar, sinov poligonlari hamda uchirish moslamalarini juda tez qayta tiklashga muvaffaq boʻldi. Bu haqida “Der Spiegel” jurnaliga tayanib, BILD nashri maʼlum qildi.
Unda aytilishicha, sunʼiy yoʻldosh orqali olingan maʼlumotlarga koʻra, Erondagi raketalarni sinovdan oʻtkazish maydoni hamda boshqa vayron boʻlgan harbiy hududlarni tiklash ishlari jadal suratlarda olib borilmoqda.
Maʼlumot uchun, Eron va AQSH oʻrtasidagi muzokaralarning keyingi bosqichi 17-fevral kuni Jenevada oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Unda Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi, Oq uyning maxsus elchisi Stiv Uitkoff va AQSH prezidenti Donald Trampning kuyovi Jared Kushner ishtirok etishi kutilmoqda.
Mazkur muzokaralar vositachilar orqali olib borilib, unda Eron oʻzining yadroviy dasturi va AQSH sanksiyalarini yumshatish masalasini muhokama qilishi bildirilgan.
Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, Qoʻshma Shtatlar ushbu muzokaralarda Erondan harqachongidan koʻproq narsa talab qilishi mumkin. Xususan, yadro dasturidan voz kechishga undashdan tashqari, Eronning raketa arsenali, jumladan, hozirda zaxirada saqlayotgan qurollar taqdiri ham muhokama markazida boʻlishi mumkin.
Bundan tashqari, AQSH Eronning Yaqin Sharqdagi terrorchi guruhlarni, jumladan, Livandagi Hizbulloh va Gʻazo sektoridagi HAMASni qoʻllab-quvvatlashni toʻxtatishini ham talab qilishi mumkin.
Jenevadagi muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlansa, Vashington Eronga qarshi harbiy hujum uyushtirishni inkor etmagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring