Eron Isroilga AQSHdagi saylovlardan oldin zarba berishi mumkin

16:40 01 Noyabr 2024 Dunyo
289 0

Isroil oʻtgan hafta Eronga raketa zarbalarini bergan edi. Eron tomoni esa javob hujumini oʻylab berishini maʼlum qilgan. CNN xabariga koʻra, rasmiy Tehron javob zarbasini AQSHdagi saylovlardan oldin amalga oshirishi mumkin. Shu bilan birgalikda Yahudiy davlatining Yaqin Sharqdagi hujumlari tinmayapti.

Bayrut zarbalari: Livan davlat matbuotiga koʻra, Isroil harbiylari mamlakatga zarbalar bergani uchun “Hizbulloh”dan oʻch olishga vaʼda berganidan soʻng, jumaga oʻtar kechasi deyarli bir hafta ichida birinchi marta Bayrutning janubiy chekkasiga zarba yollagan. Isroil mudofaa kuchlari maʼlumotlariga koʻra, “Hizbulloh” payshanba kuni Isroil shimoliga 90 ga yaqin raketa otgan, natijada 7 nafar tinch aholi va tailandlik 4 nafar ishchi halok boʻlgan.

Nusayrat hujumi: Gʻazo sogʻliqni saqlash rasmiylari, Isroil havo hujumi Nuseyrat qochqinlar lagerining shimolidagi ikki uyga uyushtirgan hujumi oqibatida kamida 13 kishi halok boʻlgan va oʻnlab odamlar yaralangan.

Gʻazo shimolidagi Kamol Advan kasalxonasining uchinchi qavati payshanba kuni bombalanganda besh kun oldin yetkazib berilgan muhim tibbiy buyumlar yoʻq qilingan. Bu haqda BMT rahbari matbuot kotibi xabar bergan.

AQSH rasmiylari AQSH prezidentlik saylovlari oldidan oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha yakuniy tashabbusni amalga oshirish uchun mintaqaga tashrif buyurishmoqda. Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Oq uy uchun kurashda kim gʻolib boʻlishini kutayotgan bir paytda rasmiylar bu saʼy-harakatlar Gʻazodagi janglarning saylovdan oldin toʻxtashiga shubha bilan qarashadi.

Gʻazoda kelishuvi: HAMAS rasmiysi guruh doimiy oʻt ochishni toʻxtatish va Isroilning Gʻazodan toʻliq chiqib ketishiga olib kelmaydigan kelishuvni rad etishini aytdi va hozirda muhokama qilinayotgan taklif qabul qilinishi mumkin emasligini maʼlum qilgan. Ayni paytda Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri CNN telekanaliga bergan intervyusida Isroil bilan munosabatlarni normallashtirish istiqboli falastinliklarga mustaqil davlat berilmasdan turib, biror narsaga erishish qiyinligini bildirgan.

Livan optimizmi: Isroil harbiy rahbarlari Gʻazo va Livanda qoʻllaridan kelgan barcha harbiy yutuqlarga erishganliklarini bildirar ekan, Livanda oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha yaqin orada muvaffaqiyatga erishilishi mumkin. Livan bosh vaziri Isroil va “Hizbulloh” oʻrtasida kelishuvga umid bildirgan, AQSHning bosh diplomati esa u yerda mojaroga barham berish boʻyicha BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyasini toʻliq amalga oshirish harakatlarida optimizm borligini bildirgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?