Eron barcha Yevropa Ittifoqi davlatlari elchilarini TIVga chaqirtirdi
Eron barcha Yevropa Ittifoqi mamlakatlari elchilarini tashqi ishlar vazirligiga chaqirdi. Bu haqida BILD nashri maʼlum qildi.
“Bryussel Islom inqilobi qoʻriqchilari korpusini terror tashkiloti deb eʼlon qilishga qaror qildi. Bunga qarshi norozilik sifatida barcha Yevropa Ittifoqi davlatlarining elchilari tashqi ishlar vazirligiga chaqirtirildi”, — deydi Eron TIV vakili Esmail Baghaei.
Bildirilishicha, Yevropa Ittifoqi Islom inqilobi qoʻriqchilari korpusini terror tashkilotlari roʻyxatiga kiritish qaroriga shu yilning yanvar oyida, Eronda yuz bergan ommaviy norozilik namoyishlarini shafqatsizlarcha bostirilishi sabab qilib koʻrsatilgan.
Bryussel Erondagi xavfsizlik kuchlarining tinch aholiga nisbatan zoʻravonlik ishlatgani Islom inqilobi qoʻriqchilari korpusini terrorchi tashkilotlar roʻyxatiga qoʻshish uchun yetarli deb hisoblagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring