Yerliklar bugun tunda “superoy”ga guvoh boʻladi
Foto: RIA Novosti
Bugun, 5-noyabr kuni tunda Oy Yerga eng yaqin masofaga yaqinlashadi va shu bilan birga toʻlin oy fazasiga toʻgʻri keladi. Bu holatda yerliklar “superoy” deb ataladigan tabiiy goʻzallikni guvohi boʻladi.
“Moskov planetariyi” xabariga koʻra, toʻlin oy fazasi 5-noyabr kuni soat 16:20 da boshlanadi, Oy esa oʻz orbitasidagi eng yaqin nuqta — perigeyga 6-noyabr tongida, soat 01:30 da yetadi. Shu paytda Yer bilan Oy orasidagi masofa 356 832 kilometrni tashkil qiladi.
Mutaxassislarning taʼkidlashicha, “superoy” vaqtida Oy odatdagidan kattaroq va yorqinroq koʻrinadi. Navbatdagi shunday astronomik hodisa bir oydan keyin, 5-dekabr kuni kuzatilishi kutilmoqda. Biroq bu safar toʻlin oy va perigey (Oyning Yer atrofidagi orbitasida sayyoraga eng yaqin nuqtasi) orasidagi farq 12 soatdan ortiq boʻladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
- “Humans” Oʻzbekistondan yuzlab million dollar zararni qoplashni talab qilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring