Yerlardan samarali foydalanish va chorvachilikni rivojlantirish masalalari oʻrganilmoqda
Senatning Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi raisi A.Tuychiyev boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Samarqand viloyatida qishloq xoʻjaligi sohasidagi islohotlarni samarali tashkil etish, yer maydonlaridan unumli foydalanish, yaylov va oʻrmon fondlarida ozuqabop ekinlar yetishtirish hamda chorvachilikni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holatini oʻrganilmoqda.
Viloyat hokimligida soha mutaxassislari bilan oʻtkazilgan muloqotda yer maydonlarini foydalanishga kiritish, yaylovlardan foydalanish muammolari va ularni hal etish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar hamda sohaga oid yangi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati xususida maʼlumotlar berildi.
Shuningdek, ishchi guruh aʼzolari “PUREMILKY PRODUCTS” sut yoʻnalishiga ixtisoslashgan fermer xoʻjaligida boʻldi.
Ushbu fermer xoʻjaligi sut yoʻnalishiga ixtisoslashgan. Hozirgi kunda 3 600 bosh qoramol boqilmoqda, shundan 1500 bosh sogʻin sigirlar. Ulardan oʻrtacha bir kunlik sogʻiladigan sut 46 tonnadan ziyodni tashkil etadi.
Bu yerda chorva boqish sharoitlari, ozuqa tayyorlash jarayoni va oziqlantirish tizimi, zamonaviy texnologiyalar, sogʻish uskunalari hamda chorva salomatligini nazorat qilish boʻyicha amalda qoʻllanilayotgan mexanizmlar kabi masalalarga eʼtibor qaratildi.
Ishchi guruh tomonidan masʼullarga chorvachilik mahsulotlari, sut va goʻsht yetishtirish hajmini oshirish, ularni bozorga yetkazish jarayoni, veterinariya xizmatlari bilan hamkorlik, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish boʻyicha tegishli tavsiyalar berildi.
Ishchi guruh oʻrganishlarini davom ettirmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring