“Erkaklikda gumon qilingan” jazoirlik bokschi Iman Halif Donald Tramp va Ilon Maskni sudga berdi. Parij prokuraturasi tergov boshladi
Foto: dzen.ru
“Parij-2024” chempioni, jazoirlik bokschi Iman Halif yozuvchi Joan Rouling, milliarder Ilon Mask va AQSHning 45-prezidenti Donald Trampning ustidan Parij prokuraturasiga shikoyat yoʻlladi. Bu haqda “Variety” nashri xabar berdi.
Maʼlum boʻlishicha, jazoirlik sportchi oʻziga nisbatan qilinayotgan haqoratlar ortidan shikoyat qilish qaroriga kelgan. Iman Halif ayblanuvchilarning aynan qaysi postlari daʼvoga asos boʻlganini maʼlum qilmagan. Shunga qaramasdan, yozuvchi Joan Rouling Halifning Olimpiadadagi janglaridan birini “jamoatchilikni qiziqtirish uchun ayolni kaltaklayotgan erkak tomoshasi” deb ataganiga nisbatan jinoiy ish ochishni soʻragan.
“Biroq, bu yolgʻonlarning jiddiy oqibatlari bor. Bunday buzilishlar yaqin orada kimnidir oʻldirishi mumkinligidan qoʻrqish mubolagʻa boʻlmaydi”, deb yozgan mashhur yozuvchi.

“Ayollar sportida erkaklarga oʻrin yoʻq”, deb yozgan amerikalik suzuvchi Rayli Heynsning tvitiga Ilon Mask “Mutlaqo!” deya sharh qoldirgan. Donald Tramp Halif jangidan olingan suratni eʼlon qilib “Men erkaklarning ayollar sportiga kirishiga ruxsat bermayman!” deya sharh qoldirgan.

Jazoirlik bokschi Parijdagi Olimpiadasida boks boʻyicha oltin medalga ega chiqqandi. Ushbu gʻalaba Jazoirning ayollar boks tarixidagi birinchi gʻalabasi hisoblanadi. Sportchi 2023-yilgi Jahon chempionatida IBA tomonidan oʻtkazilgan gender testidan muvaffaqiyatsizlikka uchragani ortidan diskvalifikatsiya qilingandi.
Qayd etish kerakki, Oʻzbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov Xitoy Taypeyi sportchisi Lin Yuytinga qarshi jang qilgan Sitora Turdibekovani qoʻllab quvvatlab, “Xalqimizga yoqmagan narsa erkak bolalarning ayollarning kiyimini kiyib chiqqani boʻldi”, degan edi.
Avvalroq, Ravshan Ermatov ogʻir judolikka uchragani haqida xabar berilgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring