“Ergashobod”liklar ichimlik suvi taʼminotiga ega boʻldi
Saminjon HUSANOV/“Xalq soʻzi”. Asaka tumani Andijon viloyatidagi ichimlik suvi taʼminoti murakkab boʻlgan hududlardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, “Ergashobod” mahallasida ushbu muammoni bartaraf etishning oʻziga xos qiyinchiliklari mujassam. Shunday boʻlsada, mahalladoshlarning ijtimoiy holatini yaxshilash borasidagi ishlar doirasida 7,4 km. masofaga quvur tortish, 2 ta suv minorasini oʻrnatish va 1 ta suv toʻplash hovuzini barpo etish ishlari amalga oshirilmoqda. Buning natijasida 6 ming nafardan ziyod isteʼmolchiga xizmat koʻrsatish sifati yaxshilanib, 220 ta xonadonda yashovchi 1100 nafar aholi ilk bor toza ichimlik suvi bilan taʼminlandi.
— Bu yerga koʻchib kelganimizga 30-yildan oshdi, — deydi uy bekasi Sanobarxon Lutfiyeva. — Mahallamiz adirlikda joylashganligi sababli ayrim muammolardan xoli emasdi. Bugungi kunga kelib sharoitlar yaxshilanmoqda. Ayniqsa, toza ichimlik suvi bilan taʼminlanayotganimiz quvonarli. Shu paytgacha suvni pulga sotib olardik. Endi har bir xonadonga suv joʻmraklari olib kirilmoqda.
Shu bilan birga, elektr energiyasi, tabiiy gaz va yoʻl bilan bogʻliq muammolar ham oʻz yechimini topmoqda. Bir soʻz bilan aytganda, olis hududdagi ushbu mahalla viloyatdagi eng namunali manzillardan biriga aylanmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring