Yerevan koʻchalarida toʻrt kunlik namoyishlar boʻlib oʻtmoqda

19:58 10 Iyun 2024 Dunyo
375 0

Foto: Reuters

Armaniston markaziy koʻchalaridagi namoyishlar bir muddat tanaffus olganidan soʻng yakshanba kuni yana boshlandi.

Dushanba ish kuni boʻlishiga qaramasdan Yerevandagi Armaniston parlamenti oldida namoyishchilar yigʻildi. Ular Bosh vazir Nikol Pashinyanning isteʼfosini talab qilmoqda.

Norozilik namoyishlariga oʻtgan oy toʻrtta qishloq Armaniston tomonidan Bokuga qaytarilgani asosiy sabab boʻlmoqda. Ushbu qishloqlar Ozarbayjon hududi boʻlib, 1990-yillarda Armanistonga oʻtib ketgan edi.

Pashinyan hududlarning qaytarilishi keyingi urushning oldini olish uchun muhim omil boʻlishini aytsa-da, muxoliflar buni xiyonat, deb hisoblamoqda.

Namoyishga boshchilik qilayotgan arxiyepiskop Bagrat Galstanyan parlamentni impichment boʻyicha ovoz berishni oʻtkazishga chaqirib, toʻrt kunlik miting boshlanganini eʼlon qilgan. Agar impichment boʻyicha ovoz berish muvaffaqiyatli oʻtkazilsa, muvaqqat hukumat oʻrnatilishi va muddatidan oldin parlament saylovlari oʻtkazilishi kerak boʻladi. Biroq bu saʼy-harakatlarning muvaffaqiyat qozonish ehtimoli kam, chunki muxolifat qonunchilari buni amalga oshirish uchun yetarli oʻringa ega emas.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер