Erdoʻgʻon Turkiya TIVga AQSH va yana toʻqqiz mamlakatning elchilarini mamlakatdan chiqarib yuborishni buyurdi
Foto: Reuters
Bunga ularning huquq himoyachisi Usmon Kavalani ozod qilishga chaqiriqlari sabab boʻldi.
Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdoʻgʻon mamlakat tashqi ishlar vazirligiga oʻnta davlatning elchilariga persona non-grata eʼlon qilib, mamlakatdan chiqarib yuborish toʻgʻrisida buyruq bergan.
Gap Germaniya, Shvetsiya, AQSH, Fransiya, Finlyandiya, Daniya, Norvegiya, Niderlandiya, Kanada va Yangi Zelandiya diplomatik vakolatxonalari rahbarlari haqida bormoqda.
Bu davlatlarning diplomatlari 18-oktyabr kuni Turkiya hukumatini 2016-yilda davlat toʻntarishiga urinishda ishtirok etganlikda ayblangan huquq himoyachisi, tadbirkor va “Anadolu Kültür AS” madaniy jamgʻarmasi asoschisi Usmon Kavalani ozod etishga chaqirgan edi.
Kavala hibsga olinganiga toʻrt yil boʻldi. Diplomatik vakolatxonalar Kavalaning sud jarayonini “demokratiya va qonun ustuvorligi hamda sud tizimining shaffofligiga dogʻ” deb atadi.
2020-yilda sud davlat toʻntarishda ishtirok etganlikda ayblangan Kavalani oqladi. Lekin keyinchalik hibsga olish uchun yangi order berdi.
Erdoʻgʻonning koʻrsatmalariga qaramay, Turkiya Tashqi ishlar vazirligi hali yuqorida aytilgan oʻn mamlakatning elchilarini persona non-grata deb rasman eʼlon qilmagan. Shu bilan birga, Tashqi ishlar vazirligi elchilarning chaqiruvini tasdiqladi va bu ularga diplomatik munosabatlar toʻgʻrisidagi Vena konvensiyasini bajarish zarurligini eslatdi.
Hozircha Germaniya va Norvegiya oʻz elchilarini persona non-grata deb eʼlon qilishga javob berdi.
«Biz Turkiya prezidenti Erdoʻgʻonning bayonotlarini eʼtiborga oldik», — deyiladi GFR TIV xabarida. Ularning taʼkidlashicha, ayni paytda bu masala boʻyicha boshqa toʻqqiz mamlakat bilan maslahatlashuvlar oʻtkazilmoqda.
Norvegiyaning Anqaradagi elchixonasi esa hozircha Turkiya hukumatidan elchining chiqarib yuborilishi borasida hech qanday maʼlumot olmaganini bildirgan.
“Bizning elchimiz mamlakatdan chiqarib yuborish uchun arzigulik ish qilmagan. Biz Turkiyani demokratik normalarga va qonun ustuvorligiga rioya etishga chaqirishda davom etamiz - bu davlat Inson huquqlari boʻyicha Yevropa konvensiyasiga koʻra ham bunga majbur”, degan Norvegiya TIV matbuot kotibi Trude Maaseyde.
2016-yil 15-iyulda Turkiyada davlat toʻntarishiga urinish sodir boʻldi. Natijada 248 kishi halok boʻldi, 2,7 mingdan ortiq kishi tan jarohati oldi. Bu voqealardan soʻng respublikada hokimiyat, maxsus xizmatlar, sudlar, armiya, taʼlim muassasalarida ommaviy tozalash ishlari olib borildi, 50 mingga yaqin kishi hibsga olindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring