Erdogʻan: Isroil Gʻazo sektorini tiklashga toʻsqinlik qilish uchun qoʻlidan kelganini qilmoqda
Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻanning aytishicha, Isroil Gʻazo sektorida istiqomat qiluvchi aholiga gumanitar yordam yetkazilishiga hamda hududni qayta tiklash jarayoniga oʻtilishiga har tomonlama monelik qilmoqda.
Islom hamkorlik tashkiloti doirasidagi Iqtisodiy va savdo hamkorligi boʻyicha doimiy qoʻmita yigʻilishida soʻzlagan Erdogʻan Gʻazo aholisiga gumanitar yordam koʻlamini oshirish zarurligini qayd etdi.
— Isroilda biz sulh imzolanganidan buyon turli bahonalar bilan 200 dan ortiq begunoh insonni oʻldirgan, bosqinchi siyosatini davom ettirayotgan maʼmuriyatga duch kelmoqdamiz. Bu hujumlar tinchlikka qarshi qaratilgan. Biroq Isroilning bunday harakatlari bizning Falastin muammosiga adolatli va uzoq muddatli yechim topish yoʻlidagi intilishlarimizni hech qachon toʻxtata olmaydi. Ayni damda biz Gʻazo aholisiga gumanitar yordamni koʻpaytirishimiz, soʻngra esa tiklash ishlarini boshlashimiz zarur. Isroil hukumati bunga toʻsqinlik qilish uchun barcha choralarni koʻrmoqda, — dedi u.
Erdogʻan Gʻazoni tiklash rejasi zudlik bilan amalga oshirilishi kerakligini urgʻuladi.
— Ishonchim komilki, vaqt oʻtishi bilan biz yanada qatʼiyat bilan harakat qilamiz. Shuningdek, sulhni oʻrnatish masalasida faol pozitsiya namoyon etgan AQSH prezidenti Donald Trampga chin dildan minnatdorlik bildiraman. HAMAS harakati kelishuvga rioya qilishga qatʼiy bel bogʻlaganga oʻxshaydi. Ammo hammamizga maʼlumki, Isroil bu borada juda yomon obroʻga ega, — deya davom etdi Turkiya rahbari.
Turkiya prezidenti qoʻshimcha qilib, arab va musulmon davlatlari “Iordan daryosining Gʻarbiy sohilini anneksiya qilishga ham, Quddus maqomini oʻzgartirishga ham” yoʻl qoʻymasligini taʼkidladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring