Yer uchastkalarini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun doimiy foydalanishga ajratish tartibi belgilandi
Hukumat qarori bilan Yer uchastkalarini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun doimiy foydalanishga ajratishning maʼmuriy reglamenti tasdiqlandi.
Reglamentga koʻra, yuridik yoki jismoniy shaxslarning egaligida, foydalanishida, ijarasida yoki mulkida boʻlgan yer uchastkasi davlat va jamoat ehtiyojlari uchun ulardan olib qoʻyilgandan (sotib olingandan) va davlat mulki sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan keyin beriladi.
Yer uchastkasini ajratish boʻyicha materiallarni tayyorlash ishlari buyurtmachi hamda Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasi tomonidan shartnoma asosida bajariladi.
Shartnoma tuzilgandan keyin 20 ish kuni davomida elektron shaklda yer uchastkasi ajratish haqida hujjatlar yigʻmajildi tayyorlanadi va “YERELEKTRON” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yuboriladi.
Hokimliklar hujjatlar yigʻmajildini olgandan soʻng uni 5 ish kuni davomida oʻrganadi hamda davlat ekologik ekspertizasi xulosasini olish uchun buyurtmachiga yuboradi.
Davlat ekologik ekspertizasi Davlat ekologiya qoʻmitasining ixtisoslashtirilgan ekspert boʻlinmalari tomonidan 20 ish kuni davomida oʻtkaziladi.
Keyin hujjatlar qurilish bosh boshqarmasi tomonidan 3 ish kuni davomida oʻrganib chiqilib, ajratiladigan yer uchastkasi boʻyicha xulosa tayyorlanadi.
Shunga koʻra, yer uchastkasini ajratish materiallari vakolatli organlar bilan kelishiladi.
Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkasini doimiy foydalanishga ajratish haqida qaror qabul qilingach, shu asosda 3 ish kunida yer uchastkasi chegaralari joyida (naturada) belgilanadi.
Buning uchun BHMning uch yarim baravari miqdorida haq undiriladi.
Huquqiy ekspertiza yakuni boʻyicha hududiy adliya boshqarmalarining ijobiy xulosasi mavjudligi yer uchastkasini doimiy foydalanishga ajratish haqida qaror qabul qilishning majburiy sharti hisoblanadi.
Ajratilgan yer uchastkasida qurilishni boshlashga yoki foydalanishga faqat yer uchastkasiga boʻlgan huquq davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan keyin yoʻl qoʻyiladi.
Qishloq xoʻjaligi maqsadlariga moʻljallangan yer uchastkalari davlat va jamoat ehtiyojlari uchun ajratilmaydi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Uchinchi Renessansga eltuvchi maʼrifat koʻprigi: Oʻzbekiston—Pokiston hamkorligining yangi bosqichi
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- “Insoniyat sivilizatsiyasiga asos boʻlgan yutuqlar shu zamindan kelib chiqqan” — Paragvay Prezidenti
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring