Yer uchastkalari egalarining huquq va qonuniy manfaatlari himoyasi kuchaytiriladi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi yalpi majlisida deputatlar “Oʻzbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksiga qoʻshimcha va oʻzgartish kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ikkinchi oʻqishda muhokama qildi.
Qayd etilganidek, Uy-joy kodeksining 27-moddasiga binoan, yer uchastkalari davlat yoki jamiyat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishi munosabati bilan fuqarolar mulkida boʻlgan uylar (kvartiralar) buzilgan taqdirda, mulkdorlarga ularning tanlovi boʻyicha va taraflar kelishuviga koʻra, uy-joy maydonining ijtimoiy normasidan kam boʻlmagan sahndagi, barcha qulayliklari boʻlgan, avvalgisiga teng qimmatli boshqa turar joy mulk qilib beriladi.
Qonun loyihasining qabul qilinishi jamoat ehtiyojlari uchun kompensatsiya evaziga yer uchastkalarini olib qoʻyish masalalari toʻgʻridan-toʻgʻri amal qiladigan qonun hujjatlari bilan tartibga solinishi, nizoli vaziyatlarni oldini olinishi va ushbu sohadagi nizolarni samarali hal etish, yer uchastkalari egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlari himoyasini kuchaytirishga xizmat qiladi.
Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan ikkinchi oʻqishda qabul qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Reuters: Asadning Moskvadagi tarafdorlari Suriyada qoʻzgʻolon rejalashtirmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring