Yer sayyorasidagi kislorod qachon tugaydi — Tadqiqot
Olimlarning fikricha kislorodga boy atmosfera Yer sayyorasida vaqtinchalik bosqich hisoblanadi va vaqti kelib yoʻq boʻlib ketishi mumkin. Bu haqida “BBC Sky at Night” nashri maʼlumot berdi.
Unga koʻra, “Toho” universiteti tadqiqotchisi Kazumi Ozaki va “Jorjiya” texnologiya instituti dotsenti Kristofer Reynxard Yer atmosferasi qanday rivojlanishini oʻrganish hamda iqlim va biokimyoviy jarayonlarni simulyatsiya qilish uchun Yer sayyorasi modelini yaratgan.
Mazkur tadqiqotga koʻra, Yer atmosferasi sayyora tarixidagi vaqtinchalik bosqich hisoblanadi va taxminan 1 milliard yildan soʻng yoʻq boʻlib ketish ehtimoli bor. Buning oqibatida kislorod tugaydi hamda Yer sayyorasi yashash uchun yaroqsiz holatga keladi.
“Uzoq yillar davomida Yer biosferasining umr koʻrish davomiyligi Quyosh yorugʻligining barqaror oʻsishi va global karbonat-silikat geokimyoviy sikli haqidagi ilmiy maʼlumotlarga asoslangan holda muhokama qilingan. Ushbu nazariyaning oqibatlaridan biri atmosferadagi SO2 muntazam pasayib boradi hamda geologik vaqt shkalasi boʻyicha global isish boshlanadi”, — deydi “Toho” universiteti tadqiqotchisi Kazumi Ozaki.
Shuningdek, tadqiqotchilarning maʼlum qilishicha, Yer sayyorasi biosferasi 2 milliard yil ichida haddan tashqari qizib ketadi hamda fotosintez jarayoni uchun zarur boʻladigan SO2 yetishmasligi boshlanadi.
Olimlar oʻz izlanishlari natijasida ilgari surayotgan taxminlari toʻgʻri chiqsa, uzoq kelajakda sayyoradagi kislorod miqdorining kamayib borayotganini sezish mumkin boʻladi. Bu jarayonning qanday sodir boʻlishi hamda boshlanish vaqti nomaʼlumligicha qolmoqda.
Tadqiqotchilar tomonidan ishlab chiqilgan ushbu model taxminan bir milliard yildan soʻng atmosferaning kislorodsizlanishi tezlanishini koʻrsatgan. Natijada, Yer sayyorasida 2,5 milliard yil oldin sodir boʻlgan oksidlanish hodisasi boshlanishi ehtimoli yuqori.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring