Epshteyn ishining sakkiz nafar jabrlanuvchisi Trampga nisbatan impichment talab qildi
Moliyachi Jeffri Epshteyn tomonidan jinsiy zoʻravonlikka uchragan sakkiz nafar ayol AQSH prezidenti Donald Trampga nisbatan impichment jarayoni boshlashni talab qilmoqda.
Maʼlum qilinishicha, impichment talabi 2025-yil 19-dekabr kuni Epshteyn ishi boʻyicha eʼlon qilingan hujjatlarda ayrim maʼlumotlar tahrirlangani hamda hukumat muddati oʻtib ketganiga qaramay qolgan materiallarni oshkor qilishdan bosh tortgani bilan bogʻliq.
Jabrlanuvchilardan biri Xeyli Robson AQSH maʼmuriyatining bu harakatlarini qonunga zid deb baholab, ishga oid barcha fayllarni toʻliq ochiqlashni talab qildi. U avvalroq Respublikachilar partiyasi va shaxsan Donald Trampni qoʻllab-quvvatlab kelganini, ammo hozir oʻzini xiyonatga uchragandek his qilayotganini aytgan.
Shuningdek, jabrlanuvchilar AQSH bosh prokurori Pem Bondi hamda FQB direktori Kesh Patelning isteʼfosini ham talab qilmoqda. Ularning fikricha, mazkur mansabdor shaxslar tergov jarayonida vaʼda qilingan shaffoflikni taʼminlay olmagan. Daʼvogarlarning taʼkidlashicha, materiallarning katta qismi yopiq qolishi uchun Adliya vazirligi va FQB rahbariyati javobgar hisoblanadi.
Qayd etilishicha, 2024-yilgi prezidentlik saylovi kampaniyasi davomida Donald Tramp Jeffri Epshteyn ishiga oid barcha hujjatlarni toʻliq oshkor qilishga vaʼda bergan. Biroq keyinchalik u oʻz pozitsiyasini oʻzgartirib, mazkur hujjatlarning eʼlon qilinishi uning maʼmuriyati faoliyatidagi yutuqlardan eʼtiborni chalgʻitishi mumkinligini bildirgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sizni ajablantiradigan anʼanalar. Dunyo boʻylab yangi yil qanday nishonlanadi?
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan Yangi yildan keyin amalda boʻladigan qiymati eʼlon qilindi
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
- Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentdagi “Sharq bahori” turar joy majmuasining qurilish maydoniga tashrif buyurdi
- Oʻzbekistonning Gʻazodagi vaziyatga nisbatan hozirgi aniq pozitsiyasi qandayligi aytildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring