Epshteyn fayllari: Tramp Epshteyn samolyotida 10-martaga yaqin uchgan

16:15 24 Dekabr 2025 Dunyo
564 0

19-dekabr kuni AQSH Adliya vazirligi Jeffrey Epshteyn ishi boʻyicha materiallarning navbatdagi qismini, yaʼni 13 mingta yangi hujjatlarni eʼlon qildi.

CNN, Washington Post, Politico va boshqa Amerika nashrlarining xabar berishicha, ularda AQSH prezidenti Donald Trampning ismi bir necha bor aks etgan. CNN taʼkidlaganidek, prezident Tramp “Lolita Express” nomi bilan tanilgan Epshteyn samolyotida boʻlgan. Samolyotda Epshteyn ayol va voyaga yetmagan qizlarni olib yurgan.

1993-yildan 1996-yilgacha Tramp kamida sakkizta reysda yoʻlovchi sifatida qayd etilgan. 1993-yildagi reyslarning birida Tramp va Epshteyn birga uchishgan. Ular orasida Epshteynning sherigi Gisleyn Maksvell ham borligi qayd etiladi.

Oq uy soʻnggi materiallar boʻyicha hozircha izoh bermagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?