Yengil sanoat korxonalari moliyaviy qoʻllab-quvvatlanadi
Hukumat qarori (729-son, 17.11.2025-y.) bilan “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi qoshidagi Yengil sanoatni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan yengil sanoat korxonalarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisida”gi nizom tasdiqlandi. Bu haqida “Huquqiy axborot” Telegram-kanali xabar berdi.
Unda aytilishicha, mazkur nizom Yengil sanoatni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobidan yengil sanoat korxonalarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash tartibini belgilaydi.
Nizomga koʻra, Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi tomonidan tadbirkorlarga moliyaviy yordam quyidagi xarajatlarni toʻlab berish uchun koʻrsatiladi, jumladan:
- xalqaro brendlarni jalb qilish xarajatlarini qoplab berish yoʻnalishida:
- xalqaro brendlarni jalb qilish, ularning egalari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, shuningdek, bu yoʻnalishdagi sorsing kompaniyasi xizmati xarajatlari;
- transport xarajati – ekonom klass uchun;
- Oʻzbekiston hududida mehmonxona xarajati;
- tarjimonlik xizmati.
Mutaxassislarni oʻqitish xarajatlarini qoplab berish yoʻnalishida:
- oʻquv-treninglarida qatnashish toʻlovi;
- transport xarajati;
- mehmonxona xarajati.
Shuningdek, moliyaviy yordam olish uchun ariza va belgilangan hujjatlar ariza qabul qilingan kundan boshlab 7 ish kuni davomida koʻrib chiqiladi. Agentlik 1 ish kuni davomida qabul qilingan qaror toʻgʻrisida tadbirkorlarga xabarnoma yuboradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring