Eng yaxshi futbolchiga 55 kilogramm kartoshka berildi
Kecha, 3-avgust kuni Daniya Superligasining 3-turi doirasida “Syonneryusk” jamoasi “Norshelland”ga qarshi oʻynadi va 3:2 hisobida gʻalaba qozondi. Bahs yakunida mezbonlar himoyachisi Maksim Solas ushbu oʻyinning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Biroq Solasga berilgan mukofot ramziy kubok yoki statuetka emas, balki 55 kilogramm Daniyaning oliy navli kartoshkasi boʻldi.
Maʼlumot uchun, Daniya chempionatini qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi firmalar doimo qoʻllab-quvvatlaydi. Avvalroq Norvegiyaning “Bryune” klubi oʻyinning eng yaxshi futbolchilariga 4 quti tuxum va qoʻzichoq sovgʻa qilgan edi.

Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sizni ajablantiradigan anʼanalar. Dunyo boʻylab yangi yil qanday nishonlanadi?
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan Yangi yildan keyin amalda boʻladigan qiymati eʼlon qilindi
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
- Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentdagi “Sharq bahori” turar joy majmuasining qurilish maydoniga tashrif buyurdi
- Oʻzbekistonning Gʻazodagi vaziyatga nisbatan hozirgi aniq pozitsiyasi qandayligi aytildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring