“Eng ulugʻ, eng aziz” tanlovi gʻoliblari taqdirlandi

17:59 29 Avgust 2023 Jamiyat
334 0

Bugun Yoshlar ishlari agentligining anjumanlar zalida “Eng ulugʻ, eng aziz” anʼanaviy koʻrik tanlovining respublika bosqichi gʻolib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Tantanali tadbirda hamkor tashkilotchi davlat idoralari mutasaddilari, jurnalistlar, shoir va yozuvchilar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Tabdir avvalida soʻzga chiqqan Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi v.b. X. Salimov ishtirokchilarni davlatimiz mustaqilligining 32 yillik bayrami bilan qutladi hamda mamlakatimizda samarali ijod qilayotgan jurnalistlarni moddiy-maʼnaviy jihatdan ragʻbatlantirishda ushbu koʻrik-tanlovning ahamiyati haqida toʻxtaldi.

Taʼkidlanishicha, joriy yilda “Yangi hayot uchun, Yangi Oʻzbekiston uchun!” degan bosh gʻoya asosida oʻtkazilgan “Eng ulugʻ, eng aziz” anʼanaviy koʻrik-tanlovi respublika bosqichiga 7 ta nominatsiya boʻyicha 345 nafar: jurnalistlar, yozuvchi-shoirlar, kino sanʼati, tasviriy sanʼat, foto asarlar va dizayn ishlari boʻyicha ijodkorlardan bir ming yetti yuzga yaqin ijodiy ishlar taqdim etilgan.

Qayd etilishicha, bu yilgi tanlovda ijodiy ishlar besh ballik tizimda mavzuning dolzarbligi, tahlili, asarning badiiyligi, mustaqillik gʻoyasining ifodasi, talqinning oʻziga xosligi kabi mezonlar asosida baholangan.

Shuningdek, gʻoliblarni aniqlashda tanqidiy-tahliliy ruhdagi materiallarga alohida eʼtibor qaratilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?