Eng bilimli o‘quvchilarga senator stipendiyasi beriladi
Foto: “Xalq so‘zi”
Oliy Majlis Senati aʼzosi Nosirbek Abdullaxonov yana bir xayrli ishga qo‘l urdi. Senator tashabbusiga ko‘ra, endilikda Namangan shahrida akademik Mahmud Salohiddinov nomidagi matematika faniga ixtisoslashtirilgan 4 - davlat umumtaʼlim maktabida tahsil olayotgan eng iqtidorli, bilimli o‘quvchilarning 10 nafari u tomonidan tayinlangan stipendiya bilan rag‘batlantirib boriladi.
Mazkur stipendiya taʼlim dargohida jamoatchilik tadbirlaridagi faol ishtiroki, fanlarni o‘zlashtirishdagi ilg‘orligi, odob va axloqdagi namunasi bilan eʼtirof qozonib kelayotgan o‘quvchilarga berilishi ko‘zda tutilgan. Ushbu shartlarga to‘la javob bergan har bir o‘quvchiga 300 ming so‘mdan ajratilgan senator stipendiyasi eng bilimli o‘quvchilar safi kengayib, yoshlarning fan cho‘qqilarini egallashga ishtiyoqi yana-da ortishiga xizmat qilishi shubhasiz.
Qudratilla NAJMIDDINOV, “Xalq so‘zi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring