Energiyasamaradorlik-2021: Jahon va Oʻzbekiston energetikasi rivojlanishining istiqbolli yoʻnalishlari

16:57 21 Dekabr 2021 Iqtisodiyot
1638 0

2021-yil 21-dekabr kuni Toshkent davlat texnika universitetida «Energiyasamaradorlik-2021. Jahon va Oʻzbekiston energetikasi rivojlanishining istiqbolli yoʻnalishlari» (xalqaro mutaxassislar ishtirokida) mavzusida respublika ilmiy-texnik konferensiyasi oʻtkazildi.

Anjumanda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim sohasida faoliyat koʻrsatuvchi professor-oʻqituvchilar, ilmiy xodimlar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, soha mutaxassislari, magistrant va bakalavriat talabalari ishtirok etdi.

Anjumanning maqsadi-elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash hamda undan oqilona foydalanish borasida mavjud muammolarni muhokama qilish va bartaraf etish borasida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar va olingan natijalar hamda elektr energetikasi sohasi uchun kadrlar tayyorlash masalasi boʻyicha tajriba almashishdan iborat.

Anjumanda energetikaning joriy holati va istiqbollari, energiyasamaradorlik, energetika raqamli texnologiyalarning qoʻllanilishi, energiya va resurs tejash, issiqlik energetikasi, elektr energetikasi va suv-energetika muammolari; atom energetikasi; muqobil va qayta tiklanuvchi energiya manbalari va energetikaning ekologik muammolari yoʻnalishlarida olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari muhokama qilindi.

Anjuman ishida Oʻzbekistonda atom energetikasini qoʻllash masalalarini koʻrib chiqishga alohida urgʻu berildi. Oʻzbekiston Markaziy Osiyoda birinchilardan boʻlib oʻz atom elektrostansiyasiga ega boʻlgan davlat boʻladi. Bu yirik loyihani amalga oshirishning energetik va iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi faqatgina arzon elektroenergiya boʻlmasdan, bundan tashqari  sanoat korxonalari va mamlakatning barcha sanoat tarmoqlari qurilajak atom stansiyasida ishlaydi. AESning qurilishi uning obyektlariga xizmat qiluvchi yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashni talab etishini hisobga olib, mamlakatda taʼlim sifatining oshishiga ham xizmat qiladi. Bu esa Oʻzbekistonda energetik muammolarning inqilobiy yechimi boʻlib hisoblanadi. 

Anjuman ishi Yoqilgʻi-energetika kompleksini global tranformatsiyalashda yangi yondashuvlar, energiya samaradorligi, energiya va resurs tejamkorligi, Innovatsion elektr energetika: detsentralizatsiya, raqamlashtirish, intellektuallashtirish, dekarbonizatsiya, Zamonaviy issiqlik energetikasi: fan va amaliyot masalalari, Qayta tiklanuvchi, atom va vodorod energetikasi asosida energetik tizimlar: ishlatilishi, modernizatsiyasi, rivojlanishi yoʻnalishlari boʻyicha tashkil etildi. Uning bu yilgi ishtirokchilari soni 150 nafarni tashkil etgan boʻlib, ularning 20 nafardan ortigʻi MDH davlatlari va xorijiy mamlakatlar ishtirokchilarini qamrab oldi. Jumladan, Germaniya, Rossiya, Qozogʻiston, Yaponiya, Belorussiya, Janubiy Koreya davlatlaridan sohaning yetakchi olimlari ilmiy maʼruzalari bilan ishtirok etdilar.

Anjumanda Energetika vazirligi tizimidagi korxonalar, Fargʻona politexnika instituti, Navoiy davlat konchilik instituti, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, Buxoro muhandislik-texnologiya instituti va Toshkent davlat texnika universitetining Termiz, Olmaliq, Qoʻqon filiali professor-oʻqituvchilari, doktorant va mustaqil izlanuvchilari, magistr va talabalar onlayn tarzda ZOOM ilovasi yordamida ishtirok etdilar.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?