Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish tufayli jamiyat va davlat manfaatlariga 500 million soʻmdan ortiq zarar yetkazildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Oqqoʻrgʻon tumani boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazildi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.
Unga koʻra, oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.N.ga tegishli “Zarafshon” MFY hududidagi noturar binoda fuqaro O.R. tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga toʻgʻridan-toʻgʻri ulanib, 224,7 million soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi.
Shu kabi yana bir holat, Departamentning Boʻstonliq tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda ham kuzatilgan.
Unda, fuqaro A.A. va boshqalar “Xodjikent” MFY hududidagi xonadonda tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga toʻgʻridan-toʻgʻri ulanib, 141,1 million soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi fosh boʻlgan.
Bundan tashqari, Departamentning Ohangaron tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “S.Sh.” oilaviy korxonasi masʼul shaxslari “Yalpoqtepa” MFY hududidagi umumiy ovqatlanish shoxobchasida tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi gaz tarmogʻiga toʻgʻridan-toʻgʻri ulanib, 170 million soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
“Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda”, — deyiladi Departament xabarida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring