Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish tufayli jamiyat va davlat manfaatlariga 1,1 milliard soʻmdan ortiq zarar yetkazildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qoʻshrabot tumani boʻlimi tomonidan tezkor tadbir oʻtkazildi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.
Unga koʻra, oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “R.U.” xususiy korxonasi rahbari T.A. korxona oshxonasida umumiy foydalanishdagi gaz tarmogʻiga tijorat maqsadida yashirin ravishda ulanib, jami 416,3 million soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Shu kabi yana bir holat, Departamentning Karmana tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda ham aniqlangan.
Maʼlum boʻlishicha, “I.Z.” fermer xoʻjaligi masʼul shaxslari tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga toʻgʻridan-toʻgʻri ulanib, jami 490,3 million soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari fosh qilingan.
Bundan tashqari, Departamentning Chilonzor tumani va Jizzax shahri boʻlimlari tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda ushbu tuman va shaharda faoliyat yurituvchi “D.L.”, “V.B.” hamda “Z.F.” MCHJ masʼul shaxslari savdo doʻkoni va dorixonasida elektr tarmoqlariga hisoblagichdan tashqari toʻgʻridan-toʻgʻri ulanib, jami 253,3 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari maʼlum boʻlgan.
“Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda”, — deyiladi departament xabarida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- “100 milliondan ortiq gullar, modalar haftaligi hamda turfa taomlar taqdimoti”: Namanganda oʻtkazilayotgan 64-Xalqaro gullar festivalidan video va fotoreportaj
- Oʻzbekiston tarixida ilk bor mundial yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan milliy terma jamoamiz Toshkentga qaytib keldi — Fotoreportaj
- Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Isroil–Eron mojarosi yuzasidan bayonot berdi
- “Air India” fojiasidagi tirik qolgan yagona yoʻlovchi hikoyasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring