Energetika vazirligiga ijtimoiy meʼyorlar muddatini oʻzgartirish vakolati berildi
Illyustrativ foto
Energetika vazirligiga elektr va gaz boʻyicha ijtimoiy meʼyorlar muddatini oʻzgartirish vakolati berildi. Bu Vazirlar Mahkamasining 28-fevraldagi qarorida nazarda tutilgan.
Unga koʻra, Energetika vazirligi hukumat bilan kelishgan holda, havo haroratidan kelib chiqib, tabiiy gaz va elektr uchun bazaviy meʼyorlarning isitish va boshqa mavsumlardagi amal qilish muddatlariga oʻzgartirish kiritishi mumkin boʻladi.
Energetika vazirligi, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va “Hududgaztaʼminot” AJ bazaviy meʼyorlarning amal qilish muddatlariga kiritilgan oʻzgartirishlar toʻgʻrisida oʻzining rasmiy veb-sayti hamda ommaviy axborot vositalari orqali eʼlon qilib borishi lozim.
Xabaringiz bor, 1-mart sanasidan eʼtiboran mamlakatimizda isitish mavsumida tabiiy gaz uchun joriy qilingan 500 kubometrlik bazaviy meʼyor 100 kubometrga tushirilishi belgilangan edi.
Biroq mart oyida havo haroratining past boʻlishi, hatto ayrim kunlari kechasi va kunduzi harorat 0 darajadan tushib, odatdagidan koʻra sovuqroq kelishi kutilayotgani, qolaversa, aholiga qulaylik yaratish maqsadida, Davlatimiz rahbarining topshirigʻiga muvofiq, Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan isitish mavsumi uchun belgilangan 500 kubometr bazaviy meʼyor 2025-yilning 1-apreligacha uzaytirilgan. Bu ham yuqoridagi vakolat doirasida amalga oshirilgan.
Maʼlumot uchun, isitish mavsumidan tashqari davrda gaz isteʼmolining bazaviy meʼyori oyiga 100 kub metrni tashkil etadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Turkiy xalqlarning maʼnaviy yalovbardori
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Rossiya Osiyo grandni magʻlub etdi
- Saida Mirziyoyeva Bryusselda Yevropa Ittifoqi komissari bilan uchrashdi
- Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi roʻyxatni tuzish tartibi belgilandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring