Endilikda jarima ballarini onlayn tekshirish mumkin boʻladi
Illyustrativ foto
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida jarima ballarini tekshirish imkoni yaratildi. Bu haqda portal matbuot xizmati maʼlum qildi.
Endilikda jarima ballari toʻgʻrisidagi maʼlumotni Yagona portal orqali bepul va hech qanday hujjatlarsiz onlayn olish mumkin. Buning uchun arizachi portalda roʻyxatdan yoki autentifikatsiyadan oʻtishi kerak, undan keyin tegishli xizmatni tanlab, soʻrov yuborishi mumkin.
e-Jarimaball tizimida ballar mavjudligi yoki mavjud emasligi toʻgʻrisidagi maʼlumot IIV Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati maʼlumotlar bazalari orqali avtomatik ravishda tekshiriladi.
Taqdim etilgan maʼlumotda esa toʻplangan jarima bali, qabul qilingan qaror raqami, sanasi hamda jarima bali uchun Majburiy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning asos boʻluvchi moddasi va bandi keltiriladi.
Taʼkidlash joiz, YHXX matbuot xizmati haydovchilar jarima ballari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni “Safe ROAD YHXX” ilovasi orqali ham kuzatib borishlari mumkin.
Eslatib oʻtamiz, 1-iyundan boshlab yoʻl harakati qoidabuzarliklari uchun haydovchilarga jarima ballarini hisoblash tartibi kuchga kirdi. Ular faqat YPX xodimlari tomonidan rasmiylashtirilgan maʼmuriy bayonnomalar asosida hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Kuchli qichishish va jismoniy azobdan tashqari, insonni ruhan ham yemiradi
- Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida qisqa fursatga toʻxtagan Italiya Respublikasi Bosh vaziri Jorja Meloni bilan uchrashuv oʻtkazdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring