Endilikda rektorlar oʻrinbosarlarini oʻzi tayinlaydi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtayotgan yigʻilishda bundan buyon bitiruvchilarni ishga joylashda oʻzini oʻzi band qilganlik inobatga olinmasligi belgilandi.
Yigʻilishda qayd etilishicha, endilikda “Yangi Oʻzbekiston” universitetida rektorlar maktabi orqali rektor va prorektorlikka nomzodlar maqsadli tayyorlanadi. Oʻquv kursida eng yaxshi natija koʻrsatgan rektorlikka nomzodlar malaka oshirish uchun Garvard universitetiga yuboriladi.
Koʻp masalalarda rektorlarga mustaqillik beriladi. Avvalo, barcha oliygohlar tashkiliy va akademik mustaqil boʻladi. Yaʼni, rektor oʻrinbosarlarini oʻzi tayinlaydi (amaldagi tartibga koʻra, vazirlik bilan kelishish kerak). Bunda har bir nomzod oliygoh kengashida oʻzining yillik dasturini himoya qiladi.
Rektorlar belgilangan moliyalashtirish va shtati doirasida professor-oʻqituvchilar va boshqaruv xodimlarini oʻzi taqsimlaydi.
Bundan tashqari, rektorlarga “super” kontrakt summasini tabaqalashgan holda belgilash vakolati beriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring