Endilikda oʻquvchilarga qoʻl koʻtargan pedagoglar faoliyati cheklanishi mumkin
Bunday tartib nafaqat maktab oʻqituvchilari, balki maktabgacha taʼlim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan pedagog va tarbiyachilarga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Ijtimoiy himoya milliy agentligi va Oliy Majlisning Bola huquqlari boʻyicha vakili (Bolalar ombudsmani)ning taʼlim tashkilotlarida bolalarga nisbatan zoʻravonlik holatlariga yoʻl qoʻygan pedagog va tarbiyachilarning kelgusida bolalar bilan ishlash boʻyicha mehnat faoliyatini davom ettirishi uchun muayyan cheklovlarni, qoʻshimcha talablarni nazarda tutish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullandi.
Bu toʻgʻrisida Prezidentning 2024-yil 2-dekabrdagi “Bolalar masalalari boʻyicha komissiyalar faoliyatining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi PF-201-sonli Farmonida nazarda tutilgan.
Farmonga koʻra, Adliya vazirligi Oliy Majlisning Bola huquqlari boʻyicha vakili (Bolalar ombudsmani), Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda ushbu qoidani nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqadi va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
Farmon Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda pedagoglarning tarbiyalanuvchilar, oʻquvchi va talaba yoshlar bilan oʻzaro munosabatlarini tartibga soluvchi barcha hujjatlarni zamonaviy talablar asosida, shu jumladan, bolalarga nisbatan zoʻravonlikning oldini olish boʻyicha taʼsirchan mexanizmlarni nazarda tutgan holda toʻliq, qayta koʻrib chiqadi.
Hozircha bolalarga nisbatan zoʻravonlik holatlariga yoʻl qoʻygan pedagog va tarbiyachilarning taʼlim muassasasida mehnat faoliyatini davom ettirishi uchun aynan qanday cheklovlar joriy qilinishi maʼlum emas.
Yaʼni yangi ishlab chiqiladigan tartibda zoʻravonlik holatlariga yoʻl qoʻygan pedagoglarning aynan taʼlim tashkilotida ishlash huquqi emas, balki boshqa huquqlari cheklanishi ham mumkin. Bu haqda tegishli hujjat loyihasi ishlab chiqilganda bilib olish mumkin boʻladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring