Endilikda nikohlanuvchilardan tibbiy koʻrik natijalari talab qilinmaydi
Illyustrativ foto
2025-yil 1-dekabrdan FHDYO organlari tomonidan nikohni rasmiylashtirishda tibbiy koʻrik maʼlumotnomasi talab qilinmaydi. Bu haqda Prezidentning 8-sentyabr kuni qabul qilingan “Davlat xizmatlarini koʻrsatish tizimini takomillashtirish hamda sohada byurokratik tartibotlarni tubdan qisqartirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 157-son farmonida keltirilgan.
Farmonni qabul qilishdan koʻzlangan asosiy maqsadlar etib quyidagilar belgilandi, jumladan:
• 2028-yilgacha YAIDXP (my.gov.uz) va davlat xizmatlari markazlari orqali taqdim etiladigan xizmatlar sonini 900 taga yetkazish;
• proaktiv davlat xizmatlari sonini 53 taga hamda kompozit davlat xizmatlarini 74 taga yetkazish.
Farmonga koʻra, 2025-yil 1-dekabrdan idoralararo axborot almashinuvini yoʻlga qoʻyish orqali quyidagilar bekor qilinadi, jumladan:
• nikohni rasmiylashtirishda FHDYO organlari tomonidan nikohlanuvchi shaxslardan tibbiy koʻrik natijalarini taqdim qilish talabi;
• nikohdan sud qarori asosida ajratilganda nikohdan ajralganlik haqidagi dalolatnoma yozuvini shakllantirish uchun FHDYO organlari tomonidan sud qarorining talab qilinishi;
• avtomototransport vositasining roʻyxatdan oʻtganlik guvohnomasida avtomototransport vositasi mulkdorining manzilini koʻrsatish talabi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Reuters: Asadning Moskvadagi tarafdorlari Suriyada qoʻzgʻolon rejalashtirmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring