Endilikda magistraturaga qabul ikki bosqichda amalga oshiriladi. DTM faqat chet tili imtihonini qismini oʻtkazadi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2021-2022-oʻquv yilida Oʻzbekiston Respublikasining oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq:
2021-2022-oʻquv yili qabulida davlat oliy taʼlim muassasalarining magistratura (klinik ordinatura) mutaxassisliklariga oʻqishga qabul qilish ikki bosqichda amalga oshiriladi. Bunda:
birinchi bosqichda davlat oliy taʼlim muassasasi tomonidan tanlangan mutaxassislikka mos fanlar boʻyicha kirish imtihonlari;
ikkinchi bosqichda Davlat test markazi tomonidan chet tili boʻyicha test sinovlari oʻtkaziladi.
Chet tili boʻyicha tegishli darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega abituriyentlar ikkinchi bosqichda test sinovini topshirishdan ozod qilinadilar va ularga mazkur fan boʻyicha maksimal ball beriladi.
Magistratura mutaxassisligiga mos fanlar boʻyicha imtihonlar natijalari imtihon oʻtkazilganidan keyin uch kun muddatda davlat oliy taʼlim muassasasi tomonidan idoralararo elektron axborot almashinuv tizimi orqali Davlat test markaziga taqdim etiladi hamda mazkur muassasaning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
Abituriyentning chet tili boʻyicha test sinovidan toʻplagan ballari toʻgʻrisida maʼlumot test sinovlari oʻtkazilgan kunning ertasiga hamda magistratura qabuli boʻyicha tanlov natijalari test sinovlari toʻliq yakunlangandan soʻng bir hafta muddatda Davlat test markazining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Uchinchi Renessansga eltuvchi maʼrifat koʻprigi: Oʻzbekiston—Pokiston hamkorligining yangi bosqichi
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- “Insoniyat sivilizatsiyasiga asos boʻlgan yutuqlar shu zamindan kelib chiqqan” — Paragvay Prezidenti
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring