Endilikda lotereya va bukmekerlik litsenziya asosida amalga oshiriladi

17:40 17 Aprel 2025 Iqtisodiyot
244 0

2025-yil 17-aprelda qabul qilingan qonun bilan lotereya, bukmekerlik va internet orqali tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlar faoliyati litsenziya asosida amalga oshiriladigan faoliyatlar qatoriga kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligi maʼlum qildi.

Unga koʻra, Istiqbolli loyihalar milliy agentligiga kapital bozori, sugʻurta bozori va lotereyalarni tartibga solish boʻyicha vakolatlar yuklatildi. Shuningdek, “Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunga ham oʻzgartish kiritilib, sugʻurta tashkilotlari rahbariyati va mulkdorlarining ishchanlik obroʻsiga qoʻyiladigan talablar belgilandi.

Ushbu oʻzgarishlar Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonun [OʻRQ-1057-son] bilan joriy etildi.

Mazkur qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

Taʼkidlash joiz, dekabr oyida Oʻzbekistonda qimor oʻyinlari, lotereya va bukmekerlik faoliyatini tashkil etish uchun talab va shartlar tasdiqlangandi. Tashkilotchilar uchun litsenziya muddati 5 yil etib belgilan boʻlib, ularning ustav kapitali kamida 56,25 milliard soʻm boʻlishi kerak.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер