Endilikda ayrim tadbirkorlik subyektlariga 25 sotix yer maydoni bepul ajratiladi
“Kino sanʼati va sanoatini yangi bosqichga olib chiqish, sohani davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini yana-da takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni qabul qilindi.
Unga koʻra, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarning har bir tumanida (shahrida) tarkibida jami oʻrindiqlar soni 250 tadan va kinozallari soni 3 tadan kam boʻlmagan savdo-koʻngilochar komplekslarini qurish uchun tadbirkorlik subyektlariga qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan 25 sotix yer maydonlari bepul ajratiladi;
2021-yil 1-iyuldan boshlab yangi quriladigan savdo maydoni 15 ming kvadrat metrdan ortiq savdo-koʻngilochar komplekslarida jami oʻrindiqlar soni 300 tadan va kinozallari soni 4 ta kam boʻlmagan kinoteatr tashkil etish majburiy hisoblanadi;
2024-yil 1-yanvarga qadar kinoteatr (kinozal)lar mualliflik huquqini himoya qilish imkonini beruvchi raqamli (DCP va undan yuqori formatdagi) kino namoyishi qurilmalari bilan jihozlangan taqdirda ularni xarid qilish bilan bogʻliq xarajatlarining 50 foizi, biroq bitta qurilma uchun 50 million soʻmdan ortiq boʻlmagan miqdorda davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan qoplab beriladi;
yangi tashkil etilgan kinoteatrlarga ular faoliyatining dastlabki uch oyi davomida Kinomotografiya agentligi buyurtmasi asosida ishlab chiqarilgan milliy filmlar bepul yetkazib beriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Uchinchi Renessansga eltuvchi maʼrifat koʻprigi: Oʻzbekiston—Pokiston hamkorligining yangi bosqichi
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- “Insoniyat sivilizatsiyasiga asos boʻlgan yutuqlar shu zamindan kelib chiqqan” — Paragvay Prezidenti
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring